Xalqaro moliya korporatsiyasi sirdaryo viloyatidagi issiqlik elektr stansiyasida davlat-xususiy sherikligi loyihasini amalga oshirishni rejalashtirmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi xuzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni (DXSh) rivojlantirish  agentligi aholi turmush darajasi hamda faravonligi va infratuzilma ob’ektlari sifatini yangi bosqichga olib chiqish maqsadida, energetika, transport, sog‘liqni saqlash, ta’lim, maktabgacha ta’lim sohalarida davlat-xususiy sherikligi asosidagi qator loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha ishlarni olib bormoqda. Xususan, energetika sohasini oladigan bo‘lsak Energetika vazirligi, Jahon banki va Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi bilan hamkorlikda Sirdaryo viloyatidagi mavjud IESni yangilash loyihasi o‘rganilmoqda.

Shu maqsadda Moliya vazirligi xuzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC) bilan Sirdaryo IES loyihasini amalga oshirish yuzasidan muhokamalar bo‘lib o‘tdi.

Agentlik joriy yilning so‘ngiga qadar ushbu loyiha yuzasidan tender jarayonini boshlashni taklif qilmoqda. XMK vakillari eng avvalo Sirdaryo IES loyihasi bilan bog‘liq bo‘lgan barcha kerakli ma’lumotlarni hukumat taqdim qilgan xolda, ushbu jarayonni yil ohiriga qadar boshlash imkoniyati mavjudligini qayd etdi.

Muhokamalarda 2.6 gVt quvvatiga ega bo‘lgan, Sirdaryo IES loyihasi  ikki bosqichda amalga oshirilishi ko‘zda tutilmoqda. Birinchi bosqichda quvvati 1.3 gVt bo‘lgan birlashgan-siklli gaz turbinli grinfild (greenfield) elektr stansiyasini qurish masalasi o‘rganilmoqda.

Tomonlar muhokamalar vaqtida shuningdek shamol va quyosh energetikasi potensiali va bu borada ham DXSh loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha fikr almashishdi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Font Resize