Sog‘liqni saqlash tizimiga davlat-xususiy sherikligi kirib kelmoqda

Innovasiya, axborot almashinuvi shiddat bilan rivojlanib borayotgan xozirgi kunda tibbiyot tizimi oldiga ham davrga mos tarzda ish faoliyatini olib borish, bemorlarga eng so‘ngi tibbiy jixozlar yordamida xizmat ko‘rsatish talabini qo‘ylmoqda.

Respublikamiz tibbiyot tizimiga mahalliy va xorijiy investisiyalarni keng jalb qilish hamda tibbiy xizmatning samaradorligini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat-xususiy sheriklikni (DXSh) rivojlantirish agentligi Xalqaro moliya korporatsiyasi ko‘magida respublikada gemodializ xizmati markazlarini barpo etish loyihasini amalga oshirib kelmoqda.

Ushbu loyiha xayotga samarali joriy etiladigan bo‘lsa, ushbu markaz orqali ko‘plab bemorlar xalqaro standartlarga javob beradigan dializ xizmatlaridan foydalanish imkoniga ega bo‘lishadi. Ayni vaqtda ushbu loyihaning tender bosqichi amalga oshirilmoqda. DXSh agentligi mutaxasisslari mazkur loyihani xar tomonlama puxta reja asosida ishlab chiqish va samaradorligini oshirish maqsadida Sog‘liqni saqlash vazirligi mutaxasisslari bilan seminar treninglar o‘tkazib, loyiha konsepsiyasini ishlab chiqdi. Gemodializ klinikasini DXSh asosida rivojlantirish uchun 10 dan ortiq yirik xorijiy investorlar qiziqish bildirgan. Qayd etish kerakki Xalqaro moliya korporatsiyasi ushbu loyihaning asosiy maslahatchisi sifatida ishtirok etmoqda.

Bundan tashqari Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan xamkorlikda mahalliy investor tomonidan ilgari surilgan sterilizasiya xizmatini DXSh asosida loyihalashtirish tashabbusi o‘rganib chiqilmoqda. Respublikada sterilizasiya xizmatini joriy qilish jixozlardan yuqishi mumkin bo‘lgan ko‘pgina kasallariklarni oldini oladi.

Bugungi kunda O‘zbekiston tibbiyot tizimida dolzarblik kasb etib turgan onkologiya yo‘nalishida DXSh asosidagi loyihani amalga oshirish yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan takliflar kelib tushgan. Barchamizga ma’luki DXSh loyihalarni tanlash tender asosida amalga oshiriladi va bu borada tenderda qatnashish istagini bildiruvchi dunyoning yirik korxonalari O‘zbekistondagi investisiya imkoniyatlariga qiziqish bildirmoqda. Jumladan, onkologiya sohasidagi DXSh loyihasini amalga oshirish bo‘yicha Yevropaning yirik kompaniyalari qiziqish bildirmoqda. DXSh agentligi va vazirlik mutaxasisslari ayni vaqtda bu va boshqa ko‘plab loyihalarni tahlil qilib, DXSh loyihasining qaysi shakliga mosligi va uning ijtimoiy-iqtisodiy afzalligi yuzasidan muhokamalar o‘tkazmoqda. Agentlik mutaxasisslari va Osiyo taraqqiyot banki konsul’tantlari ayni yo‘nalishdagi har bir jarayonni mukammal o‘rganmoqda.

Bundan tashqari, poytaxtimizda ayrim shifoxonalarni tez orada mahalliy investor va Sog‘liqni saqlash vazirligi hamkorligidagi DXSh loyihasiga aylantirish rejalashtirilgan. Masalan, ular orasida insul’tdan keyingi reabilitasiya markazi bo‘lishi rejalashtirilayotgan loyiha ham bor. Agar loyiha amalga oshiriladigan bo‘lsa ushbu markazda 200 nafar bemor reabilitasiya xizmatlarini olish imkoniga ega bo‘ladi.

DXSh agentligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi mutaxasisslari ushbu loyihani DXShning (DBRFOM – loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiyalash, moliyalashtirish, ekspluatasiya qilish va boshqarish) shakliga mosligini aniqlab, loyihaga qo‘yiladigan talablarning aniqligi yuzasidan taxlillar olib borishmoqda. Loyihalarning amalga oshirilishi  doimiy ravishda shartnoma tomonlarning majburiyati va talablarning  bajarilishi yuzasidan monitoring amalga oshiriladi.

Respublikamizning uchta viloyatida markazlashgan laboratoriya xizmatini ko‘rsatish bo‘yicha taklif qilingan loyiha bo‘yicha xam ishlar olib borilmoqda. Sog‘liqni saqlash vazirligi ushbu tashabbusni hayotga tadbiq etish bo‘yicha ayni vaqtda DXSh agentligi bilan loyihanining har bir jarayonini puxta o‘rganib chiqishni boshlagan.

Umuman olganda O‘zbekiston tibbiyot tizimida DXSh asosidagi loyihalarning ko‘lami kengayib borishi rejalashtirilmoqda. Ular orasidan aholi farovonligiga xizmat qiluvchi va ijtimoiy ahamiyati yuqori bo‘lgan loyihalargina DXSh asosida o‘z faoliyatini tez fursatda boshlash arafasida turibdi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Font Resize