Dunyoning yirik xalqaro yuridik kompaniyalari o‘zbekistondagi investision muhit va davlat-xususiy sheriklik loyihalariga qiziqish bildirmoqda

Dunyoning rivojlangan mamlakatlarida 10 dan ortiq vakolatxonalariga ega 700 dan ortiq huquqshunoslarni qamrab olgan yirik, «Willkie Farr» xalqaro yuridik firmasi vakillaridan iborat delegasiya Moliya vazirligi xuzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi rahbariyati bilan O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan investision islohotlar, davlat-xususiy sheriklik loyihalari va qonunchilik yuzasidan uchrashuv  o‘tkazdi.

Ma’lumot uchun qayd etish kerak «Willkie Farr»  kompaniyasi infratuzilma, energetika, moliya va tabiiy resurslardan foydalanish masalalarida halqaro investorlar uchun loyihalarni amalga oshirish yuzasidan huquqiy va boshqa xizmatlarni ko‘rsatadi.

Uchrashuvda, xalqaro yuridik firma vakillari joriy yilning 10 may kuni qabul qilingan «Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni malakatimizga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiyalarni jalb qilish va sarmoyaviy muhitni yaxshilashga asos bo‘lishini ta’kidladilar.

Yuridik firma mutaxasassilarining fikricha mazkur Qonunning jahon andozalariga mos ravishda ishlab chiqilgani va halqaro talablarga javob berishi qayd qilindi. Qayd etilagindek, xozirgi kunda Respublikamizda investisiya sohasida keng qamrovli islohotlar olib borilmoqda. Kompaniya vakillari mamlakatdagi infratuzilma va davlat xizmatlari sifatini osharishda, xususiy investisiyalarni kirib kelishi va ilg‘or zamonaviy boshqaruv tajribasining joriy etilishida davlat-xususiy sheriklikni tutgan o‘rni juda muhim ekanligini ta’kidladi.

Shuningdek, Davlat-xususiy sheriklik agentligi raxbari davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshirilayotgan 10dan ortiq yirik loyihalar va bu loyihalar ustida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida  kompaniya vakillariga ma’lumot berdi.

Uchrashuv so‘ngida, davlat-xususiy sheriklik asosidagi loyihalarda ishonchli huquqiy bazani shakllantirish, loyihalarni amalga oshirishda xorij tajribasini keng jalb qilish bo‘yicha «Willkie Farr» kompaniyasi vakillari bilan hamkorlikda ishlash va treninglar o‘tkazishga kelishib olindi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Font Resize