Telekommunikasiya sohasida davlat-xususiy sherikligi loyihalarini amalga oshirish rejalashtirilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi aholi punktlarida telekommunikasiya infratuzilmasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori mamlakatimizda telekommunikasiya infratuzilmasini modernizasiya qilish va kengaytirish bo‘yicha ko‘rilayotgan kompleks tashkiliy-texnik choralar telekommunikasiya xizmatlarining sifatini yaxshilash va turlarini oshirish, shu jumladan mobil aloqa qamrovini kengaytirishga imkon bermoqda. Shu bilan birga, olis va qishloq aholi punktlarida, turistik va rekreasion hududlarda, magistral avtomobil’ va temir yo‘llari bo‘yida telekommunikasiya infratuzilmasini, shuningdek, Internet tarmog‘iga simsiz keng polosali ulanish tarmoqlarini rivojlantirish sur’atlari yetarli emas.

Shu maqsadda O‘zbekiston hukumati Jahon bankining dasturi asosida ushbu sohani yanada rivojlantirish va mavjudlarini takomilashtirish bo‘yicha hamkorlik aloqlarni yo‘lga qo‘ygan. Moliya vazirligi, Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi va Jahon banki mutaxassislaridan iborat delegasiya «Digital Casa» dasturi asosida davlat-xususiy sherikligi loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha muhokamalar olib bordi. Jahon banki mutaxassislarining qayd etishicha loyihaning umumiy qiymati 178 mln AQSh dollarini tashkil etadi.

Uchrashuvda qayd etilganidek  mazkur dastur asosidagi loyiha  5 ta kompanentni o‘z ichiga qamrab oladi. Muhokamalarda tomonlar loyihani amalga oshiruvchi guruhga IT sohasida katta bilim va tajribaga ega mutaxassis va ekspertlarni jalb qilish masalasini ko‘rib chiqishdi.

Shu o‘rinda dastur asosida Davlat-xususiy sherikligi loyihalarini hayotga tadbiq etishning samardorligi va afzalliklari yuzasidan fikr almashildi. Tomonlar dastur asosida DXSh loyihalarini amalga oshirish mumkin bo‘lgan yo‘nalishlar bo‘yicha muzokara o‘tkazdi. Jahon banki DXSh asosidagi loyihalarni boshlashga tayyor ekanliklarini qayd etishdi.

Shuningdek uchrashuvda ushbu sohadagi ishlarni jadallashtirish maqsadida aniq yo‘l xaritasini ishlab chiqish lozimligi va bu jarayon yaqin vaqtda nihoyasiga yetishi kerakligi qayd etildi. Ayni yo‘nalishdagi barcha ma’lumotlar batafsil o‘rganib chiqilgach, loyiha-baxolash xujjati tayyorlanadi. Ushbu xujjat tasdiqlangach 2020 yilning yanvar’ oyidan loyiha-baxolash xujjati asosida ishlar boshlanadi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Font Resize