Kommunal-xizmat ko‘rsatish sohasida davlat-xususiy sheriklik loyihalari amalga oshirish jadallashtirilmoqda

Jahon iqtisodiyotining yangi rivojlanish bosqichi, globallashuv davrida iqtisodiy inqirozning yechimini topish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, resurslardan oqilona foydalanish va albatta ijtimoiy ahamiyatga ega sohalarni yanada rivojlantirishni talab etadi. Iqtisodiy o‘sishning eng muhim sharti bu – aholiga sifatli xizmatlar ko‘rsatish va hudud infratuzilmasini yanada yaxshilashdir. Moliya vazirligi xuzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi barcha sohalarda DXSh asosidagi loyihalarni amalga oshirishga ko‘maklashuvchi yagona vakolatli organ sifatida turli vazirlik va idoralar bilan hamkorlik qilib kelmoqda.

Xususan, Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi ko‘magi bilan Toshkent shahar hokimligi va Osiyo taraqqiyot bankining O‘zbekistondagi doimiy vakilligi direktori Sintiya Mal’vichini bilan birgalikda “Toshkent shahar issiqlik tarmoqlari tizimini uzoq muddatli ijara shartida boshqaruvga topshirish bo‘yicha konsul’tasiya xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha kelishuv”ini imzoladi.

Mazkur Kelishuv doirasida Osiy taraqqiyot banki loyihadagi bitimlar bo‘yicha Toshkent shahar hokimligining konsul’tanti sifatida xorijiy kompaniyalardan kelib tushgan takliflarni baholash hamda amaldagi Davlat-xususiy sherikligi to‘g‘risidagi Qonun talablariga ko‘ra, zaruriyat bo‘lganda xorijiy investorlardan kelib tushgan takliflar asosida tender tanlovini o‘tkazib, eng maqbul xorijiy kompaniyani “Toshissiqquvvati” DUK bilan ijara shartnomasini imzolashda ko‘maklashadi. Davlat-xususiy sherikligi shartlari asosida mazkur loyihani amalga oshirishdan asosiy maqsad Toshkent shahar kommunal xizmat ko‘rsatish sohasiga xorijiy investorlarni keng jalb qilgan holda, issiqlik tarmoqlarini modernizasiyalash va rekonstruksiyalash, tarmoqlardagi bugungi kunda mavjud yo‘qotishlarni butkul bartaraf etish va sohada avtomatlashtirilgan xorijiy informasion texnologiyalarini qo‘llash orqali yuzaga kelayotgan avariya holatlarini oldini olish hamda Toshkent issiqlik ta’minotida zamonaviy menedjment usullari va jarayonlarni qo‘llashdan iborat.

Ma’lumot o‘rnida qayd etish kerak, mazkur loyiha Osiyo taraqqiyot bank uchun O‘zbekistonda kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida uchunchi loyiha bo‘lib hisoblanadi. Xozirgi kunda Osiyo taraqqiyot bank bilan hamkorlikda Samarqand, Buxoro, Namangan va Qarshi shaharlarida suv ta’minoti hamda kanalizasiya tizimlarini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida boshqaruvga berish ishlari bo‘yicha konsul’tanktlik shartnomalari imzolanib ishlar boshlangan.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Font Resize