Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligining 2019 yilning birinchi yarim yiligida amalga oshirilgan ishlari va kelgusidagi rejalari

Moliya vazirligi xuzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi hamda O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi xuzuridagi Axborot va Ommaviy kommunikasiyalar agentligi bilan hamkorlikda Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligining 2019 yilning I-chi yarim yiligida amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi rejalarga bag‘ishlangan matbuot anjumani tashkil etildi.

Tadbirdan ko‘zlangan maqsad keng jamoatchilikni OAV orqali Davlat-xususiy sheriklik sohasida amalga oshirilgan ishlar ko‘lami va DXSh loyihalari bilan yaqindan tanishtirish va oldindagi vazifalarni bajarish bo‘yicha tuzilgan yo‘l xaritasini taqdim etishdir.

2019 yil I-chi yarim yilligi mobaynida respublikada Davlat-xususiy sheriklik sohasida muxim qadamlar amalga oshirildi.  Jahon andozalariga mos bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilindi. Davlat xususiy sheriklik sohasiga xuquqiy  oid  normativ-xuquqiy xujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risidagi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi tayyorlandi va Adliya vazirligiga kiritildi. Bundan tashqari, Agentlik tomonidan DXSh jarayonlari uchun  muxim hisoblangan va ko‘pgina sohalarga tadbiq etilishi mumkin bo‘lgan – namunaviy davlat-xususiy sheriklik shartnomasi tayyorlangan va vazirlik
va idoralarga yuborilgan.

DXSh loyihalarini amalga oshiradigan me’yoriy-huquqiy hujjatlar ro‘yxati (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 24ta farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 65ta qarorlari va 43ta O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari) inventarizasiya qilindi). Natijada, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 3 farmoniga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 5ta qaroriga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 8ta qaroriga o‘zgartirishlar kiritish taklif qilindi.

Agentlik Qonundan kelib chiqadigan huquqiy hujjatlar ishlab chiqildi, xususan, Vazirlar Mahkamasiga taqdim etildi va manfaatdor vazirliklar va idoralarga “Davlat-xususiy sheriklik loyihasi konsepsiyasini ishlab chiqish, ko‘rib chiqish va tasdiqlash, xususiy sherikni tanlash uchun shartnoma tuzish tartibi” Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida” gi “Davlat-xususiy sheriklik loyihalarining reestrini yuritish tartibi to‘g‘risida Nizom” va “DXSh loyihalarini amalga oshirilishini monitoring qilish tartibi” ishlab chiqildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 29 apreldagi 4300-sonli Qaroriga asosan 2019 yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan 15 ta loyiha tasdiqlangan. Xozirgi kunda davlat-xususiy sheriklikning ustuvor tarmoqlari, bu elektr energiyasini ishlab chiqarish, transport sohasi (aeroport, yo‘llar va h.k.), ijtimoiy soha (sog‘liqni saqlash, ta’lim
va maktabgacha ta’lim, sport), telekommunikasiya, kommunal xo‘jalik
(suv ta’minoti, kanalizasiya, issiqlik, qattiq chiqindilar), qishloq va suv xo‘jaligi, turizm sohalari hisoblanadi. Agentlik tomonidan mazkur sohalarga investisiyalarni jalb qilish bo‘yicha amaliy ishlar amalga oshirilmoqda. Natijada, xozirgi kunda Agentlik tomonidan mutassadi vazirlik va idoralar bilan birgalikda qiymati 10 mlrd AQSh dollardan ko‘p bo‘lgan 17ta davlat-xususiy sheriklik loyihalari bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalarni jalb qilish ishlari olib borilmoqda.

Masalan, Xalqaro moliya korporatsiyasi ko‘magida 100 mln. AQSh dollari qiymatidan ortiq ikkita yirik loyiha – 100 MVt quvvatli fotoelektrik qo‘yosh stansiyasini qurish va gemodializ xizmatlarini ko‘rsatuvchi markazlarini yaratish loyihalari bo‘yicha tenderning yakuniy bosqichlariga kelinmoqda. Mazkur loyihalarning tender jarayonlarida qatnashishga 50 dan ortiq yirik xorijiy investorlar qiziqish bildirgan.

Energetika sohasi:

Quyosh energetikasi
Bugungi kunda O‘zbekistonda Xalqaro moliya korporatsiyasining ko‘magida Davlat-xususiy sheriklikligi doirasida Navoiy viloyatida pilot 100 MVt quvatga ega quyosh fotoelektr stansiyasini qurish loyihasi tenderi yakunlanish arafasida.

Osiyo taraqqiyot banki (OTB) va Xalqaro moliya korporatsiyasi ko‘magida DXSh asosida quriladigan quyosh fotoelektr stansiyalar quvvatini 2000 MVtga yetkazish va 2030 yilga borib uni umumiy quvvati 5000 MVtga yetkazish rejalashtirilgan.

2. Shamol energetikasi

BAAning “MASDAR” kompaniyasi bilan hamkorlikda  G2G (government to government) asosida umumiy quvvati 500 MVt bo‘lgan shamol elektr stansiyasini barpo etish rejalashtirilgan. Shuningdek, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan ham DXSh asosida quvvati 1000 MVt bo‘lgan shamol elektr stansiyasini qurish bo‘yicha memorandum imzolangan.

3. Bug‘gaz qurilmalarini o‘rnatish

Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC) bilan Sirdaryo viloyatida 2600 MVt bo‘lgan birlashgan-siklli gaz turbinli grinfild (greenfield) elektr stansiyasini qurish loyihasini amalga oshirish rejalashtirilgan. BAAning “Mubadala” kompaniyasi bilan hamkorlikda G2G (government to government) asosida Talimarjon IESda modernizasiya qilish va boshqaruvini joriy qilish loyihalarini amalga oshirish rejalashtirilgan.

Bundan tashqari xozirgi vaqtda, tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda OTBning ekspertlari bilan birgalikda Toshkent shahrida gaz va elektr energiyani taqsimlash loyihasini amalga oshirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
Ta’kidlash kerakki, mamlakatning quyosh energiyasini ishlab chiqarish bo‘yicha salohiyati Buxoro, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida yuqori hisoblanadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro va Navoiy viloyatlarida esa shamol energetikasi sohasida ulkan salohiyat mavjudligi ta’kidlangan.
Transport sohasi
Transport sohasidagi loyihalar DXShning asosiy o‘zagini tashkil etadi. Xozirgi kunda quydagi loyihalar ustida o‘rganishlar olib borilmoqda:
1. Toshkent xalqaro aeroporti va viloyatlardagi aeroportlarni DXSh asosida modernizasiya qilish nazarda tutilgan. Mazkur loyiha Xalqaro moliya korporatsiyasi va boshqa xalqaro moliya tashkilotlari bilan xamkorlikda amalga oshirilmoqda.
2. Toshkent-Andijon avtomobil’ yo‘lini qurish loyihasini amalga oshirishning birlamchi iqtisodiy-texnik izlanishlar olib borilmoqda. Oldin ta’kidlanganidek, yo‘l-transport tizimida Jahon banki bilan hamkorlikda Toshkent-Andijon yangi yo‘lini qurish bo‘yicha loyiha tayyorlanmoqda. Mazkur loyihani amalga oshirish uchun Jahon bankining GIF (Global Infrastructre Facility) jamg‘armasi tomonidan izlanish granti taqdim qilingan. Mazkur loyiha bo‘yicha Jahon banki vakillaridan iborat yo‘l qurilish bo‘yicha ekspertlari O‘zbekistonda kelib, tegishli vazirliklar mutaxassislari bilan magistral’ yo‘lini o‘rganishgan.
3. Shu jumladan, Toshkent — Samarqand avtomobil’ yo‘lini qurish loyihasini amalga oshirishda xalqaro moliyaviy institutlar bilan ishlar jadallashtirilgan.
Ijtimoiy va sport (madaniyat) sohalari
1. Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklik shakllarini joriy etish orqali nodavlat ta’lim sektorini rivojlantirishga hamda rivojlangan davlatlar tajribasi asosida ta’lim-tarbiya sifati va samaradorligini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Nodavlat bog‘chalarini tashkil etish uchun tadbirkorlarga keng imtiyozlar va preferensiyalar taqdim etilishi natijasida hisobot davrida 450 dan ortiq nafar tadbirkorlar bilan 51 minga yaqin quvvatga ega nodavlat bog‘chalarini tashkil etish uchun davlat-xususiy sheriklik bitimlari imzolangan. Shuningdek, quvvati 60 mingdan ortiq o‘ringa ega 2,4 mingta oilaviy shakldagi nodavlat bog‘chalarini tashkil etish bo‘yicha tadbirkorlar bilan kelishuvga erishilgpn. Davlat-xususiy sheriklik bitimi imzolangan tadbirkorlarning 850 nafariga umumiy qiymati 1,4 trln.so‘m imtiyozli kredit mablag‘lari ajratilgan hamda joriy yilning birinchi yarmida 360 dan ortiq nafar tadbirkorlar tomonidan qurilish ishlari yakunlanib, nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
Bugungi kunda mamlakatda davlat-xususiy sheriklik shakllarini joriy etish orqali nodavlat ta’lim sektorini rivojlantirishga hamda rivojlangan davlatlar tajribasi asosida ta’lim-tarbiya sifati va samaradorligini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ayniqsa, maktabgacha ta’lim sohasida hisobot davrida 50 920 quvvatga ega nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarini tashkil etish uchun davlat-xususiy sheriklik bitimlari imzolangani deputatlar tomonidan ijobiy baholandi. Natijada respublikada maktabgacha ta’lim muassasalari soni 9 774 tani tashkil etib, 2 632 ming nafar maktabgacha yoshdagi bolalarning 1 066 353 nafarini (40,5 foiz) maktabgacha ta’lim bilan qamrab olishga erishilgan.
Xorijiy investorlar ishtirokida davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida respublikaning turli hududlarida umumiy qiymati 14 mln. dollar bo‘lgan va 3 ming o‘ringa mo‘ljallangan innovasion maktabgacha ta’lim muassasalari, Jizzax viloyatida umumiy qiymati 18,0 mln. dollar xorijiy investisiyalarni jalb qilgan holda 10 ta innovasion maktabgacha ta’lim muassasasi foydalanishga topshirilish bo‘yicha loyihalar rejalashtirilmoqda.
1. Sog‘liqni-saqlash sohasi tizimida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda sterilizasiya markazlarini qurish, ijtimoiy dorixonalar, reabilitasiya markazlari, onkologiya markazlari va markaziy laboratoriyalarni barpo etish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish ishlari olib borilmoqda.
2. Sport sohasida Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 1 martdagi 184-sonli “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori qabul qilingan bo‘lib, bunda jami 27 ta davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida xususiy investorlarga beriladigan foydalanilmayotgan va bush turgan sport inshootlari ro‘yxati tasdiqlandi.
Qishloq va suv xo‘jaligi sohasida
Qishloq va suv xo‘jaligi sohasida ham DXSh asosida loyihalarni amalga oshirga alohida etibor berilmoqda. Suv xo‘jaligi vazirligi bilan hamkorlikda xozirgi kunda irigasiya tizimi bo‘yicha loyiha konsepsiyasi ishlab chiqilmoqda. Sirdaryoda yerlarni rekul’tivasiya qilish bo‘yicha loyihalar o‘rganib chiqilmoqda. Qishloq xo‘jaligi sohasida zamonaviy xizmat ko‘rsatish boshqaruv tizimini joriy qilish kabi loyihalar ustida ishlanmoqda.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Font Resize