DXSh agentligi va YeTTB 40 dan ortiq davlat organlari mutaxassislarini APMG – xalqaro dasturi orqali tayyorlashdi

Moliya vazirligi huzuridagi DXShni rivojlantirish Agentligi Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining amaliy ko‘magida, APMG – xalqaro standartlariga muvofiq, DXSh mutaxassislarini tayyorlashga tizimli yondoshmoqda.

Joriy yilning boshida vazirlik va idoralarning 23 nafar mutaxassislari APMG – xalqaro standartlariga muvofiq o‘quv kurslarida ishtirok etib birinchi darajali imtixonlardan muvofaqiyatli o‘tishdi.

O‘quv dasturi DXSh loyihalarini mustaqil aniqlash, ishlab chiqish va amalga oshirish uchun salohiyatni oshirishga qaratilgan.

Mazkur o‘quv dasturi xalqaro moliya institutlari va investorlar tomonidan tan olingan sanaladi. Bu esa DXSh loyihalarini tez  hamda siftali tayyorlash va amalga oshirga imkon beradi.

Joriy yilning oktyabr’ oyida navbatdagi, ikkinchi guruh ushbu dastur bo‘yicha ta’lim olishdi. Ushbu dasturda ishtirok etgan 20 nafarga yaqin mutaxassislar imtixonlarni muvofaqqiyatli topshirishdi. Ayni vaqtda respublikamiz bo‘yicha 40 dan ortiq mutaxassislar xalqaro DXSh sertifikatiga ega bo‘lishdi.

Birinchi bosqich imtixonlaridan o‘tgan mutaxassislar navbatdagi tur imtixonlarini topshirishadi. Ikkinchi bostiqich sinovlari 2020 yilning mart oyida, uchinchi tur esa 2020 yilning may oyida bo‘lib o‘tadi.

Takidlash joizki O‘zbekiston MDH hududida xalqaro darajadagi mutaxassislarni tayyorlovchi birinchi davlat sanaladi.

Ayni vaqda dastur o‘quv kurslarini tamomlagan mutaxassislar DXSh loyihalari va normativ xujjatlarni ishlab chqishda ishtirok etmoqda.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Font Resize