Davlat xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligida yangi tayinlov

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2019 yil 15-noyabrdagi 288-sonli buyurug‘i bilan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimiga Bozorov Zokir Abdulloevich tayinlandi.

Zokir Bozorov 1982 yil Buxoro viloyatida tavallud topgan. Milliati o‘zbek. Ma’lumoti oliy. 2004 yilda Toshkent moliya institutini coliq va soliqqa solish mutaxassisligini tamomlagan.

Mehnat faoliyati:

2004-2006 yy- Buxoro viloyati Kogon shahar moliya bo‘limining 1-toifali iqtisodchisi
2006-2007 yy  Buxoro viloyati  Kogon shahar moliya bo‘limi g‘azna ijrosi sektorining 1-toifali iqtisodchisi
2008-2012 yy- Buxoro viloyat moliya boshqarmasi iqtisodiyot xarajatlarni moliyalashtirish bo‘limi boshlig‘i
2012-2013 yy- Buxoro viloyati Kogon shahar hokimligi moliya bo‘limi mudiri
2013-2015 yy- O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Iste’mol bozori, transport va xizmat ko‘rsatish sohalarini moliyaviy hamda narx orqarli tartibga solish boshqarmasi Uy-joy va kommunal xo‘jaligini moliyaviy va narx orqali tartibga solish bo‘limi bosh iqtisodchisi.
2015-2017yy- O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Iste’mol bozori, transport va xizmat ko‘rsatish sohalarini moliyaviy hamda narx orqarli tartibga solish boshqarmasi Uy-joy va  kommunal xo‘jaligini moliyaviy va narx orqali tartibga solish bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari.
2017-2019 yy- O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi  Hududlarni obodonlashtirish va kommunal xizmatlarni rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ta’minlashni moliyalashtirish boshqarmasining  “Toza ichimlik suvi” fondi  mablag‘larini boshqarish bo‘limi boshlig‘i
2019-2019 yy- O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Uy-joy va kommunal xizmat ko‘rsatish sohasini moliyaviy tartibga solish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari – Uy-joy va kommunal xo‘jaligini moliyaviy tartibga solish va monitoring qilish bo‘limi boshlig‘i
2019-2019 yy- O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Uy-joy va kommunal xizmat ko‘rsatish sohasini moliyaviy tartibga solish boshqarmasi boshlig‘i
2019-h.v- O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari
Z.Bozorov Davlat moliyasini boshqarish sohasida keng amaliy bilimga ega. Shuningdek, ko‘p yillik  tajribasidan unumli foylanib, zamonaviy tendentsiyalarini qo‘llagan holda Davlat-xususiy sherikligi sohasini rivojlantirish bo‘yicha etuk mutaxassis hisoblanadi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Font Resize