DXSh agentligida yana bir yangi tayinlov

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2019 yil 15-noyabrdagi 288-sonli buyurug‘i bilan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi direktorining o‘rinbosari lavozimiga Nuriddinov Nodirjon Izzatullaevich tayinlandi.

Nodir Nuriddinov 1979 yil Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati o‘zbek. Ma’lumoti oliy. 2011 y. Manchester Metropolitan Universitetining menejment iqtisodchi mutaxassisligini tamomlagan.

Mehnat faoliyati:

2004-2008 y. – ASEM Construction Development UK LTD kompaniyasining Bosh boshqaruvchisi
2008-2011 y. – Manchester Metropolitan Universiteti talabasi
2011-2014 y. – “Deloitte” firmasi auditori
2014-2016 y. – Bouygues kompaniyasi moliyaviy masalalar bo‘yicha menejeri
2016-2019 y. – “Collinson Group” kompaniyasi moliyaviy rejalashtirish va tahlil qilish bo‘yicha katta mutaxassisi
2019-2019 yy.- O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat rivojlantirish dasturlarini moliyaviy ta’minlash Departamenti Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish va hududiy dasturlarni moliyaviy tartibga solish boshqarmasi Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish va hududiy dasturlarni moliyalashtirish bo‘limi etakchi mutaxassisi
2019-2019 y. – O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat rivojlantirish dasturlarini moliyaviy ta’minlash Departamenti direktori o‘rinbosari
2019 y.-h.q. – O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi direktori o‘rinbosari
N.Nuriddinov iqtisod, menedjment sohasida katta bilim va tajribaga ega. Xorijiy moliya institutlari va investorlar bilan mustahkam aloqlarni o‘rnatgan holda Davlat-xususiy sheriklikni riovjlantirish sohasida xorij tajribasidan unumli foydalanuvchi mutaxassis hisoblanadi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Font Resize