O‘zbekistonda yuqori sifatli dializ xizmatlarini ko‘rsatish DXSh loyihasi bo‘yicha investorlar konferentsiyasi o‘tkazildi

Poytaxtimizda “O‘zbekistonda yuqori sifatli dializ xizmatlarini ko‘rsatish” davlat-xususiy sherikligi loyihasi doirasida tender ishtirokchilari uchun  konferentsiya bo‘lib o‘tdi. Konferentsiya O‘zbekiston Respublikasi Davlat-xususiy sherikligi agentligi (DXSh), Moliya vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tashkil etildi.

Investorlar uchun konferentsiya doirasida dastlabki kvalifikatsiya bosqichidan o‘tgan kompaniyalar tender hujjatlari,  loyihaning moliyaviy, texnik va yuridik jihatlari hamda tenderni o‘tkazish muddatlarini muhokama qilishadi. Savol va javoblar uchun sessiyalar ham ko‘zda tutilgan.  «Investorlar uchun konferentsiya o‘tkazish jahon amaliyati hisoblanib kompaniyalar uchun o‘ta muhim ahamiyat kasb etadi, chunki u investorlarning loyiha haqidagi fikrlari va u borasidagi ularni tashvishlantirayotgan narsalarni tushinish hamda xalqaro investorlar uchun qiziq bo‘ladigan va ko‘p yillar davomida ishlaydigan loyihani tayyorlash uchun tender hujjatlariga fikr-mulohazalar olish imkoniyatini beradi. G‘olib chiqqan ishtirokchi O‘zbekistonda bir necha dializ markazlarini moliyalashtiradi, quradi yoki ta’mirlaydi, jihozlaydi, xizmat ko‘rsatadi va faoliyatini yuritadi, va kelishuv amal qilish davrida, 10 yil mobaynida, mijozlarga dializ xizmatlarini ko‘rsatadi», – dedi G‘olib Xoljigitov, Davlat-xususiy sherikligi agentligi direktori.

Tenderning keyingi bosqichlari o‘z ichiga tender ishtirokchilariga tender hujjatlarini, jumladan DXSh to‘g‘risidagi kelishuvni o‘rganib chiqish va kelgusida texnik va moliyaviy takliflarini taqdim qilish sharti bilan o‘z fikr-mulohazalarini berish imkoniyatini beradi. Eng yaxshi moliyaviy taklif bergan ishtirokchi g‘olib deb e’lon qilinadi va Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan DXSh to‘g‘risidagi kelishuvni imzolaydi.

Mazkur loyiha O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash sohasida 2019 yil may oyida qabul qilingan DXSh to‘g‘risidagi qonunga muvofiq amalga oshiriladigan birinchi DXSh loyihasi va umuman respublikada DXSh sohasida ikkinchi loyiha bo‘lib hisoblanadi. Loyiha 10 million dollargacha to‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy investitsiyalarni jalb qilishga yordam berishi kutilmoqda. Loyiha natijasida buyrak xastaligining so‘nggi bosqichidagi 1100 dan ziyod bemor, jumladan bolalar eng ilg‘or xalqaro amaliyotga mos dializ xizmatlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Hozirda tenderda jahonda dializ bo‘yicha beshta eng yirik global investorlar safiga kiradigan oltita xalqaro operator, jumladan uchta kompaniya ishtirok etmoqda. Bular Germaniya, Shveytsariya, Shvetsiya, Turkiya va Hindistondagi kompaniyalardir.

Loyiha, davlat organlariga DXSh loyihalarini tayyorlash va amalga oshirishda ko‘maklashishga ixtisoslashgan va dunyo bo‘ylab DXSh loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha muvaffaqiyatli tajribaga ega bo‘lgan, Jahon Banki Guruhi a’zosi bo‘lmish, Xalqaro Moliya Korporatsiyasining (IFC) konsulьtatsion ko‘magida amalga oshiriladi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Font Resize