Transport vazirligi va DXSH agentligi YETTB bilan «Toshkent-Samarqand yo'lining qurilishi» loyihasi bo'yicha bitim imzoladi

Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki (YETTB) «Toshkent-Samarqand pullik yo’li qurilishi» loyihasini amalga oshirishda yordam beradi. Tegishli shartnoma transport vazirligi va DXSH agentligi o’rtasida imzolandi, deb xabar beradi DXSHni rivojlantirish agentligi matbuot xizmati.
YETTB texnik yordam orqali xalqaro maslahatchilarni jalb qiladi. Imzolangan shartnomaga muvofiq, xalqaro ekspertlar Transport vazirligi bilan birgalikda DXSH loyihasini huquqiy, moliyaviy va texnik jihatlarni hisobga olgan holda kompleks ekspertizadan o’tkazish va loyihani tayyorlashni o’z ichiga olgan bir necha bosqichda zarur ishlarni amalga oshiradilar. Tomonlar uzoq muddatli istiqbol va vazifalarni, shuningdek mintaqaning xususiyatlarini hisobga olgan holda loyihani amalga oshirishning barcha mumkin bo’lgan variantlarini ko’rib chiqadilar.
Avvalroq, YETTB hukumatga 2019 yil 3 mayda tasdiqlangan DXSH to’g’risidagi qonun loyihasini ishlab chiqish uchun xalqaro ekspertlarni jalb qilishda yordam bergan.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Font Resize