Agentlik sarhisobi: yirik loyihalar, grantlar, xalqaro munosabatlar, muammo va takliflar

2019 yil mobaynida respublikada Davlat-xususiy sheriklik sohasida quyidagi ishlar amalga oshirildi:

I. Me’eriy-huquqiy yo‘nalish bo‘yicha:

O‘zbekiston Respublikasi “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida” gi Qonuni qabul qilindi.
Davlat-xususiy sheriklik (DXSh) to‘g‘risidagi Qonundan kelib chiqib, qabul qilingan me’yoriy-huquqiy hujjatlarni qonunga muvofiqlashtirish ishlari amalga oshirildi
Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi ishlab chiqildi
DXSh loyihalarini amalga oshirish uchun bir nechta sohalar bo‘yicha namunaviy shartnomalar tayyorlandi

II. Loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha:

– O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 29 apreldagi
PK-4300-son qaroriga muvofiq sog‘liqni-saqlash, energetika, transport va kommunal sohalari bo‘yicha 15 ta loyihalarda davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini joriy etish ishlari olib borilmoqda.

– Hisobot davrida DXSh Agentligi – energetika, sog‘liqni saqlash, transport, ta’lim, maktabgacha ta’lim, madaniyat, sport, uy-joy kommunal xizmat vazirliklari, hokimliklar bilan xamkorlikda amalga oshirilishi uchun rejalashtirilgan loyihalarning tahminiy qiymati 9,65 mlrd. AQSh dollari qiymatidagi 17ta loyiha bo‘yicha tayoygarlik ishlari ketmoqda. Ulardan 10tasi energetika, 2tasi transport, 3tasi kommunal xo‘jalik, 2tasi sog‘liqni saqlash va ta’lim sohalariga to‘g‘ri keladi. Shundan 2020 yilda 4 mlrd. AQSh dollari miqdorida tender yakunlanishi rejalashtirilmoqda.

Jumladan,

Xalqaro moliya korporatsiyasi ko‘magida ikkita DXSh pilot loyihalari bo‘yicha DXSh bitimi imzolandi va boshqasi yakuniga etmoqda, shundan:

1100 bemorga gemodializ xizmatlarini ko‘rsatuvchi markazlarini barpo etish tender jarayoni yakunlanish arafasida;
Quvvati 100 MVt bo‘lgan Navoiy viloyatida fotoelektrik qo‘yosh stantsiyasini qurish loyihasi bo‘yicha 1KVt/soat uchun eng arzon narx (2.7 tsent) taklif etgan BAAning “Masdar” kompaniyasi g‘olib deb topildi va DXSh bitimi imzolandi. chi choragida ishga tushishi kutilmoqda
Fotoelektrik qo‘yosh stantsiyasini qurish bo‘yicha pilot loyihasi ijobiy natija ko‘rsatganligi sababli, Energitika vazirligi va DXSh Agentligi tomonidan Samarqand va Jizzax viloyatlarida quvvatlari 400 MVt va 500 MVtga teng fotoelektrik qo‘yosh stantsiyasini qurish loyihalarini tezkor ravishda amalga oshirish bo‘yicha Xalqaro moliya korporatsiya bilan konsalting shartnomalarini imzoladi va er ajratish ishlari yakunlanmoqda. Tenderni yakunlash reja muddati – 2020 yilning 2-3 choragi. Loyihaning tahminiy qiymati 400-900 mln. AQSh dollari;
Samarqand viloyatida quvvati 100 MVt bo‘lgan fotoelektrik qo‘yosh stantsiyasini qurish bo‘yicha Frantsiyaning «Total Eren» energetika kompaniyasi bilan  25 yil muddatga elektr quvvatini sotib olish (DXSh) bitimi imzolandi. Qurilish ishlari 2020 yilning 1-chi choragida boshlanishi va 2021 yilnig 1-chi choragida ishga tushishi kutilmoqda. Loyihaning tahminiy qiymati 100 mln. AQSh dollari.
Bundan tashqari, Xalqaro moliya tashkilotlari ko‘magida ko‘yidagi DXSh loyihalari bo‘yicha tayyorgarlik ishlari amalga oshirilmoqda, shundan:

Energetika vazirligi, DXSh Agentligi va Osiyo taraqqiyot banki tomonidan Surxondaryo viloyatida 200-1000 MVt fotoelektrik qo‘yosh stantsiyasini qurish bo‘yicha DXSh loyihasini amalga oshirish konsalting shartnomasi imzolandi. Tenderni yakunlash reja muddati – 2020 yilning 3-4 choragi. Loyihaning tahminiy qiymati 0.2 – 1 mlrd. AQSh dollari;
Energetika vazirligi, DXSh Agentligi va Xalqaro moliya korporatsiyasi bilan quvvati 1300 MVt bo‘lgan Sirdaryo viloyatida issiqlik stantsiyasini qo‘rish (Greenfield-1) bo‘yicha DXSh loyihasini amalga oshirish konsalting shartnomasi imzolandi. Tenderni yakunlash reja muddati – 2020 yilning ohiri. Loyihaning tahminiy qiymati 1,1 mlrd. AQSh dollari;
Energetika vazirligi va Saudiyaning “ACWA Power” yirik energetika kompaniyasi bilan quvvati 1300 MVt bo‘lgan Sirdaryo viloyatida issiqlik stantsiyasini qo‘rish (Greenfield-2) bo‘yicha DXSh loyihasini amalga oshirish bo‘yicha muzokalar yakuniy bosqichida. Loyihaning tahminiy qiymati 1,1 mlrd. AQSh dollari;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Navoiy viloyatida quvvati 500-1000 MVt bo‘lgan shamol elektrstantsiyasini qurish bo‘yicha Evropa taraqqiyot va tiklanish banki bilan DXSh loyihasini amalga oshirish shartnomasi imzolangan va texnik-iqtisodiy izlanishlar ishlari boshlangan. Tenderni yakunlash reja muddati – 2021 yil 1 choragi. Loyihaning tahminiy qiymati 0.65 – 1.3 mlrd. AQSh dollari;
Toshkent shahar hokimiyati va Osiyo taraqqiyot banki tomonidan Toshkent shahar gaz va elektr energiyasini taqsimotini DXSh asosida boshqaruvga berish bo‘yicha texnik-iqtisodiy izlanishlar ishlari boshlangan va 2020 yil o‘rtasida yakunlanish rejalashtirilgan. Loyihaning qiymati aniqlanmoqda;
Toshkent viloyatida «Cengiz Enerji Sanayii ve Ticaret A.S» (Turkiya) tomonidan quvvati 650 MVt bo‘lgan elektr energiya ishlab chiqarish uchun bug‘-gaz uskunalarini qurish loyihasi. Korxona tomonidan taklif etilayotgan tarif 2,0 tsent (ACWA – 1 tsent) qimmat bo‘lganligi va davlat kafolatini so‘raganligi sababli (uskuna ishlatilgan), loyiha vaqtinchalik to‘xtatilgan. Loyihaning tahminiy qiymati 500 mln. AQSh dollari;
Surxondaryo viloyatida «Yildirim Enerji Nolding A.S» (Turtsiya) tomonidan elektr energiya ishlab chiqarish uchun. bug‘-gaz uskunalarini qurish loyihasi. Korxona tomonidan taklif etilayotgan tarif 2,0 tsent (ACWA – 1 tsent) qimmat bo‘lganligi loyiha vaqtinchalik to‘xtatilgan. Loyihaning tahminiy qiymati 900 mln. AQSh dollari;
Toshkent shahar hokimiyati, DXSh Agentligi va Osiyo taraqqiyot banki tomonidan Toshkent shahar issiqlik ta’minoti tizimini DXSh asosida uzoq muddatli ijara shartida tarmoqlarni modernizatsiyalash va boshqaruvga topshirish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha konsalting shartnomasi imzolandi. Frantsiyaning yirik “Violiya” kompaniyasi bilan DXShning xususiy tashabbus mexanizmi orqali ishlar amalga oshirilmoqda. Loyihaning tahminiy qiymati 1 mlrd. Evro;
Uy-joy kommunal-xo‘jalik vazirligi, DXSh Agentligi va Osiyo taraqqiyot banki tomonidan Samarqand, Buxoro, Namangan va Qarshi shaharlarida suv ta’minoti hamda kanalizatsiya tarmoqlarini DXSh shartlari asosida tarmoqlarni modernizatsiyalash va boshqaruvga topshirish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha konsalting shartnomasi imzolandi va texnik-iqtisodiy izlanishlar ishlari boshlangan. Tenderni yakunlash reja muddati – 2020 yilning 3-4 choragi. Loyihaning tahminiy qiymati 200 mln. AQSh dollari;
Transport vazirligi va Evropa taraqqiyot va tiklanish banki bilan Toshkent-Samarqand avtomobil yo‘lini modernizatsiyalash bo‘yicha DXSh loyihasini amalga oshirish konsalting shartnomasi imzolandi va texnik-iqtisodiy izlanishlar ishlari boshlangan. Tenderni yakunlash reja muddati – 2021 yil birinchi yarmida. Loyihaning tahminiy qiymati
1 mlrd. AQSh dollari;
Transport vazirligi va Jahon banki bilan Toshkent-Andijon avtomobil yo‘lini modernizatsiyalash bo‘yicha DXSh loyihasi texnik-iqtisodiy izlanishlar ishlari boshlangan. Loyihaning DITA (PTEO)ni yakunlash reja muddati – 2020 yil 1-chi chorak. Loyihaning tahminiy qiymati 1 mlrd. AQSh dollari;
Toshkent shahrida qattiq maishiy chiqindilarni yig‘ish
va chiqarish bo‘yicha loyihani texnik-iqtisodiy izlanishlar ishlari boshlangan. Loyihaning DITA (PTEO)ni yakunlash reja muddati – 2020 yil 1-chi chorak. Loyiha qiymati – aniqlanmoqda;
Xalq ta’limi vazirligi, DXSh Agentligi va Osiyo taraqqiyot banki tomonidan Toshkent shahrida 14 maktabni yangidan qurish, ta’mirlash va qayta tiklash bo‘yicha DXSh loyihasi bo‘yicha konsalting xizmati shartnomasiga imzo qo‘yildi va loyihani tayyorlash ishlari boshlandi. Tenderni yakunlash reja muddati – 2020 yilning 4 choragi. Loyiha qiymati – aniqlanmoqda.
2019 yil 09 dekabrdagi PQ-4545-sonli “Yo‘l sohasini boshqarish tizimini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorga asosan “Taxtaqoracha” dovonida yangi pullik tonnel qurish va “Sirdaryo – Baxt” shaharlarini aylanib o‘tuvchi pullik avtomobilь yo‘lini qurish loyihalar bo‘yicha Evropa taraqqiyot va tiklanish banki bilan muzokaralar olib borilmoqda.
Shu bilan birga, Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan 140 mingtadan oshiqroq quvvatga ega nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini (MTT) tashkil etish bo‘yicha 3,7 trln. so‘mlik loyihalarni (shundan 1,0 trln. so‘m tadbirkorlar o‘z mablag‘lari va 2,7 trln. so‘m imtiyozli kredit hisobidan) amalga oshirish maqsadida 1 400 dan ortiq tadbirkorlar bilan davlat-xususiy sherikchilik to‘g‘risida bitimlari imzolangan. Respublikada maktabgacha ta’lim qamrovi darajasi 52 foizga etdi.

Transport sohasi bo‘yicha qo‘shimcha:

2019 yilning 2 oktyabrь kuni yo‘l xo‘jaligini rivojlantirish
va ushbu sohaga investitsiyalarni keng jalb qilish chora-tadbirlargia bag‘ishlangan yig‘ilishda DXSh Agentlikka topshiriqlar berilgan. Ushbu topshiriqlarning ijrosi bo‘yicha qisqacha xisobot quyida keltirilmoqda, jumladan:

1. O‘zbekiston Respublikasida 2030 yilgacha yo‘l qurilish rivojlantirish Strategiyasi Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlikda grant asosida ajratilgan pul mablag‘lari asosida ishlab chiqilmoqda. Hozirda Osiyo taraqqiyot banki tomonidan konsultantlarni tanlash bo‘yicha tender bosqichlari yakunlangan bo‘lib, konsulьtantlar strategiya tuzishni 2020 yil yanvar oyidan boshlashga tayyorligini bildirishdi va Strategiya 2020 yil mart oyiga qadar tayyor bo‘lishi rejalashtirilgan.

2. DXSh agentligi Evropa taraqqiyot va tiklanish banki (ETTB) bilan muzokaralar olib bordi va ETTB Transport sohasi Master planini ishlab chiqishda amaliy yordam berishga tayyorligini bildirdi. Shu bilan birga, DXSh Agentligi O‘zbekiston Respublikasining 2030-yilgacha Transport sohasi Master planini ishlab chiqishda amaliy yordam berish bo‘yicha Koreyaning Er, infrastruktura va transport vazirligi bilan kelishildi.

3. 2019 yilning 9 dekabr kuni Transport vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, DXSh Agentligi va Evropa taraqqiyot va tiklanish banki  o‘rtasida “Toshkent — Samarqand pullik avtomobilь yo‘lini qurish” loyihasini tender asosida amalga oshirishda konsulьtatsiya xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha shartnoma imzolandi. Shartnomaga asosan, tender g‘olibi 2021 yil may oyida e’lon qilinishi, qurilish ishlari 2022 yilda boshlanib, 2024 yilda ekspluatatsiyaga tushishi ko‘zda tutilgan.

4. “Sirdaryo — Baxt shaharlarini aylanib o‘tuvchi pullik avtomobilь yo‘lini qurish” loyihasi bo‘yicha 2020 yil yanvarь oyida ETTB yoki boshqa konsalting kompaniyasi bilan kelishuv tuzish, 2020 yil ohirida tender e’lon qilish va 2021 yil may oyida tender g‘olibi bilan kelishuv imzolash ko‘zda tutilgan.

5. DXSh asosida “Toshkent-Andijon pullik avtomobilь yo‘lini qurish” loyihasi bo‘yicha Jahon banki tomonidan taqdim qilingan 350 ming AQSh dollari miqdoridagi grant asosida loyiha bo‘yicha izlanish ishlari olib borilmoqda. Loyihaning birlamchi texnik-iqtisodiy hisob-kitoblari 2020 yil fevralь oxiriga qadar tayyor bo‘lishi, va hisob-kitob natijalariga qarab loyihani DXSh asosida amalga oshirish maqsadga muvofiqligidan kelib chiqib, 2021 yil aprelь oyida tender e’lon qilinishi va 2022 yil aprelь oyida tender g‘olibi bilan kelishuv imzolash ko‘zda tutilgan. Shu o‘rinda qayd etish joizki, “Toshkent-Andijon” yo‘nalishida yotuvchi “Qamchiq” dovonidan o‘tish ayniqsa qishgi mavsumda qiyinchiliklar tug‘dirishini hisobga olingan holda, “Toshkent-Andijon pullik avtomobilь yo‘lini qurish” loyihasi doirasida “Taxtaqoracha” dovonida yangi pullik tonnel qurish” loyihasi pilot tariqasida birinchi bo‘lib amalga oshirilishi mumkin.

Aviatsiya sohasi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini o‘sishida muhim rolь o‘ynashini hisobga olgan holda, bir nechta viloyat aeroportlarini DXSh mexanizmi orqali modernizatsiya qilish bo‘yicha jadal ishlar olib borilmoqda.

Shu o‘rinda, Jahon banki O‘zbekistondagi bir nechta viloyat aeroportlarni, shu jumladan, Samarqand, Urganch, Buxoro, Nukus, Farg‘ona, Namangan, Termiz, Navoiy, Andijon va Qarshi aeroportlarining DXSh mexanizmi orqali modernizatsiya qilish bo‘yicha izlanish olib borib, bosh reja tuzishga tayyorligini, va izlanish xarajatlarini Xalqaro infratuzilma fondi (GIF) ning 350 ming AQSh dollari miqdorida granti ajratilgan. Hozirda Jahon banki tomonidan izlanishlar olib boradigan konsulьtantlar tanlanmoqda. Konsulьtantlar 2020 yil yanvarь oyidan ishga tushishi va 2020 yilning II choragida izlanish ishlarini tugatib, takliflar taqdim etishi ko‘zda tutilgan.

Vazirlik/idoralar bilan ishlanayotgan loyihalar bo‘yicha:

Sog‘liqni saqlash sohasida – vazirlik bilan hamkorlikda                (1) sterilizatsiya markazlarini xizmati; (2) onkologiya markazlari va                       (3) markaziy laboratoriyalarni barpo etish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish ishlanmoqda. DXSh loyihasi asosida sterilizatsiya xizmatini ko‘rsatish loyiha qiymati 6,4 mln. AQSh dollari va insulьtdan keyingi reabilitatsiya markazi loyiha qiymati 2,6 mln. AQSh dollarni tashkil etadi. DXSh Agentligi tomonidan loyihaning texnik-iqtisodiy asoslari ko‘rib chiqildi, Sog‘likni-saqlash vazirligidan kontseptsiyani Agentlikka kiritilishi kutilmokda.
2. Sport sohasida – Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 1 martdagi              184-sonli “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori qabul qilingan bo‘lib, bunda jami 27 ta davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida xususiy investorlarga beriladigan foydalanilmayotgan va bo‘sh turgan sport inshootlari ro‘yxati tasdiqlandi.

3. Turizm sohasida – Samarqand shahar «Ipak yo‘li» Xalqaro turizm universiteti yotoqxonasini qurish bo‘yicha DXSh loyiha kontseptsiyasi ishlab chiqildi va hozirda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan loyiha kontseptsiyasi tasdiqlanish jarayonida. Loyihaning qiymati 2,6 mln AQSh dollarini tashkil etadi va bitim muddati 49 yil.

4. Qishloq xo‘jalik sohasida –  Jizzax viloyati, Paxtakor tumani «Semrug klaster» MChJ tomonidan urug‘chilik klasterlarini DXSh asosida
30 yilga olish bo‘yicha loyiha kontseptsiyasi ishlab chiqildi va Qishloq xo‘jaligi vazirligiga tasdiqlash uchun yuborildi. Loyihaning qiymati
2,7 mlrd so‘mni tashqil etadi.

5. Suv ta’minot sohasida davlat-xususiy sherikligini rivojlantirish asosiy maqsad kommunal xizmat ko‘rsatish sohasiga investorlarni keng jalb qilgan holda, tarmoqlarini modernizatsiyalash
va rekonstruktsiyalash, tarmoqlardagi bugungi kunda mavjud yo‘qotishlarni butkul bartaraf etish va sohada IT texnologiyalarini qo‘llash orqali yuzaga kelayotgan avariya holatlarini oldini olish hamda zamonaviy menejment usullari va jarayonlarni qo‘llashdan iborat.

Shu sababli, Toshkent viloyati Zangiota, Qibray va Toshkent tumanlarida ichimlik suvi ta’minoti sifatini yaxshilash bo‘yicha quvvati
4 mln. AQSh dollarini tashkil etuvchi loyiha kontseptsiyasi ishlab chiqilib, tasdiqlandi va DXSh bitimi imzolanish jarayonida.

Bundan tashqari, Xorazm viloyati Yangibozor va Yangiariq tumanlarida ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash va tizimni davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida boshqarish bo‘yicha loyiha kontseptsiyasi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan. Loyihaning qiymati 15 mlrd so‘m bo‘lib DXSh bitimi imzolanish jarayonida.

III. Xalqaro munosabatlar va grantlarni jalb qilish

Agentlik tomonidan DXSh loyihalarini amalga oshirish
va mutaxassislarini tayyorlash, malakasini va salohiyatini oshirish bo‘yicha 12,3 mln. AQSh dollar miqdorida grant mablag‘lari jalb qilindi, jumladan:

Osiyo taraqqiyoti banki tomonidan – 6,9 mln. AQSh dollar
Jahon banki tomonidan – 4,85  mln. AQSh dollar
Evropa tiklanish va taraqqiyot banki – 500 ming AQSh dollar.
2019 yilning 5 noyabrь sanasida Janubiy Koreya tashqi infratuzilma va shaharlarni rivojlantirish korporatsiyasi (KIND) bilan birgalikda DXSh sohasida  O‘zbekiston-Koreya hamkorlik forumi o‘tkazildi. Ushbu forumda ikki davlatning 80 dan ortiq hukumat va biznes vakillari ishtirok etdi.

IV. OAV bilan ishlar bo‘yicha:

DXSh Agentligining rasmiy veb saxifasi ochilgan va faoliyat yuritmoqda (www.ppp.uz).
DXSh agentligi faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, OAV orqali keng jamoatchilikni DXSh Agentligi va amalga oshirilayotgan loyihalar xaqida batafsil xabardor qilish maqsadida o‘tgan vaqt mobaynida “Xalq so‘zi” gazetasida 3 ta maxsus maqola chop etildi.
Shuningdek, boshqa bosma OAVlarni ham kerakli ma’lumotlar bilan ta’minlanishi natijasida “Soliq-info”, “Birja” gazetalarida 50 dan ortiq maqolalar chop etildi. Bundan tashqari mamlakatning asosiy bosh axborot agentligi sanalgan UzA saytida xaftalik tadan maqolalar chop etilib borilmoqda.
Auditoriyasi jihatdan OAV orasida nom chiqargan Kun.uz, Daryo.uz, Gazeta.uz, Sport.uz, Podrobno.uz, Novosti Uzbekistana saytlarida 250 dan ortiq Agentlik faoliyati va loyihalar to‘g‘risidagi materiallar joylashtirildi.
Agentlik rahbariyati va xodimlari ishtirokida maxsus intervyular, ko‘rsatuv va reportajlar tayyorlanib muntazam efirga uzatib borilmoqda. Xususan, O‘zbekiston 24 telekanalida Agentlik rahbariyatining DXSh agentligi  faoliyati va loyihalarning borishi yuzasidan maxsus intervyusi, Toshkent telekanalida Agentlik boshqarma boshlig‘i va mutaxassislarning intervyulari efirga uzatildi. Shuningdek O‘zbekiston, O‘zbekiston 24, Yoshlar, Mahalla radiolarida maxsus ko‘rsatuv va intervyular tashkil etildi. DXSh agentligining xorijiy moliya tashkilotlari, investorlar bilan o‘tkazgan muloqotlari bo‘yicha O‘zbekiston 24, Toshkent, Yoshlar telekanallarida 30 ga yaqin reportajlar efirga uzatildi.

V. Mutaxassislar malakasini oshirish bo‘yicha:

DXSh Agentligi kadlar bilan ta’minlanish darajasi 85%ni tashkil etadi.
Xalqaro moliya korporatsiyasi ko‘magida vazirliklar va idoralarning 40 nafar mutaxassislari uchun DXSh bo‘yicha maxsus kurslarni tamomladi va xalqaro darajali sertifikatlarga ega bo‘ldi.
DXSh loyiharini tuzishda foydalanadigan moliyaviy modellar bo‘yicha XMK tomonidan seminarlar tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Moliya vazirligi, Energetika vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Toshkent shahar hokimiyati va 4ta viloyat hokimiyatlari rahbarlari bilan birgalikda DXSh loyihalarida xatar matritsalarini yaratish bo‘yicha maxsus treninglar o‘tkazildi.
DXSh Agentligi tomonidan 2019 yilning 10 may sanasida kuchga kirgan “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni mazmun mohiyatini xududlarda, xususan maxalliy investorlar va tadbirkorlar, keng jamoatchilik, davlat tashkilotlari va muassasalariga tushuntirish maqsadida 2019 yilning iyunь oyida Qoraqolpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, Savdo-sanoat palatasida mahsus seminar-treninglar tashkil etildi. Unda DXSh agentligining mutaxassislari taqdimotlar bilan ishtirok etib, DXShning mazmun mohiyati, qabul qilingan qonun bilan amalga oshiriladigan ishlar, DXSh asosidagi loyihalarni tayyorlashda e’tibor berilishi lozim bo‘ladigan jihatlar atroflicha tushuntirib o‘tildi. Bundan tashkari, 26 dekabrda Turizm kumitasi xodimlari uchun “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni mazmun mohiyatini, DXSh loyixalari xususiyatlari tugrisida seminar utkazildi.

VI.Hujjat va murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha:

– DXSh Agentligi tomonidan 2019 yilda 2023 ta hujjat belgilangan tartibda ko‘rib chiqilgan, shulardan 961 tasida Agentlik asosiy ijrochi bo‘lgan.

Jami 190ta me’yoriy hujjat loyihalari ko‘rib chiqildi va ishlab chiqildi, shu jumladan: 11ta O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihalari, 11ta O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni loyihalari,
35ta O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihalari,
59ta O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihalari, 10ta O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining farmoyishi loyihalari, 64ta davlat-xususiy sheriklik mexanizmni amalga oshirishni ta’minlovchi boshqa me’yoriy hujjatlar loyihalari.

Yuqori turuvchi organlarning jami 436ta topshirig‘i ko‘rib chiqilgan va ishlab chiqilgan, shu jumladan: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 18ta xati, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining
36ta xati, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining chora-tadbirlar rejasi va reja-jadvali bo‘yicha 251ta xat, 49ta majlis bayoni, 50ta topshiriq, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining chora- tadbirlar rejasi va reja-jadvali bo‘yicha 28ta topshiriq.

Vazirliklar, idoralar va fuqarolarning jami 1118ta murojaatlari, shu jumladan vazirliklar, idoralarning 1080ta va davlat-xususiy sheriklik masalalari bo‘yicha fuqarolarning 38ta murojaati ko‘rib chiqildi

VII. Sohadagi mavjud muammolar va takliflar:

Ayrim vazirlik va idoralar tomonidan ishlab chiqilishi rejalashtirilgan loyihalarni amalga oshirishni belgilangan muddatda bajarilmayotganligi. Vazirlik va idoralar tomonidan DXSh sohasida faoliyatining muvofiqlashtirilmaganligi va loyihalarni rasmiylashtirishga uzoq muddat ketishi.
Taklif: DXSh loiyhalarini amalga oshirish va qarorlar ijrosini ta’minlash bo‘yicha Hukumatning DXSh bo‘yicha Bosh vazir rahbarligida doimiy muvofiqlashtiruvchi kengashni va xar chorakda hisobot tinglashni tashkil etish.

2.  Vazirliklar va idoralarda DXSh sohasida, xorijiy va xususiy investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha sustligi va o‘zgarish               mentalitetning shakllanmaganligi, ulardan loyihalar bo‘yicha takliflar tushmayotganligi.

Taklif: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi tegishli vazirlik va idoralar hamda hududiy hokimliklar bilan birgalikda 2020 yildan boshlab Investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalar umumiy qiymatining 5-10 foizini davlat-xususiy sheriklik mexanizmi orqali amalga oshirish.

3.  DXSh sohasida vazirlik va idoralarda salohiyatli va malakali mutaxassislarning etishmayotanligi.

Taklif: Barcha vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
2020 yilning 1 fevraliga qadar mavjud shtat birliklari doirasida 3 kishidan iborat bo‘lgan davlat-xususiy sheriklik bo‘linmalarini tashkil qilinishi va Agentlik bilan kelishilgan holda mazkur xodimlarni tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha dastur, materiallar, maxsus kurslarni shakllantirish va reja jadvallarni tasdiqlash.

4. DXSh sohasida loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha tranzaktsiya (loyihani tayyorlash) maslaxat xizmat ko‘rsatuvchi  (loyihaning kontseptsiyasi, moliyaviy modeli, texnik-iqtisodiy tadqiqot, tender hujjatlari, bitimlarni tayyorlash, tenderni o‘tkazish bo‘yicha) mahalliy korxonalarning salohiyati shakllanmaganligi bu xizmatlar asosan Xalqaro moliyaviy tashkilotlar tomonidan ko‘rsatilishi.

Taklif: – DXSh sohasida loiyha va tranzaktsiyalarda xalqaro moliyaviy tashkilotlarga maslaxat xizmatlarini ko‘rsatishda maxalliy konsalting xizmatlarini ulushi bo‘lishini ta’minlash.

5. DXSh loyihalarini moliyalashtirish faqat chet-el manbalari hisobiga amalga oshirilishi (ya’ni xorijiy valyuta hisobiga) kelajakda loyiha bilan bog‘liq valyuta xatarini yuzaga kelishiga olib keladi.

Taklif: – DXSh loyihalarni moliyalashtirishda mahalliy banklarning (shu jumladan, sindikatlashgan usul bilan) qatnashishini ta’minlash.

6. DXSh loyihalarni samaradorligini ta’minlash, sohalarda uzoq muddatli sifatli (mukammal) rejalashtirish, prognozlashtirish va muvofiqlashtirish, kelajakdagi texnologik o‘zgarishlarni va boshqa muxim omillarni inobatga olishni taqozo qiladi. Xozirda ushbu omilarni qamrab oladigan sohalar Strategiya yoki Master-rejalari mavjud emas.

Taklif: – Xalqaro moliya tashkilotlarni grantlarni va resurslarini jalb qilgan xolda transport, ta’lim, sog‘liqni saqlash va boshqa sohalarning Strategiya yoki Master-rejalarini ishlab chiqish.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Font Resize