«Qamchiq» dovonida yangi pullik tonnel qurish rejalashtirilmoqda

“Toshkent — Andijon” pullik avtomobil yo‘lini qurish loyihasining bir qismi deb hisoblanadi. Iqtisodiy–ijtimoiy tomondan, shu jumladan yilning qor va kuchli sel yog‘gan vaqtlari Qamchiq dovonida avtomobilь-transport harakatlanishi vaqtincha to‘xtashi  ushbu loyihani amalga oshirish ustuvor ekanligini ko‘rsatib turibdi. Qamchiq dovonida yangi pullik tonnel qurish loyihasi Jahon banki tomonidan yollangan konsulьtatsion kompaniyalarga qo‘yilga vazifa doirasiga kirib, dastlabki moliyaviy va texnik  hisob–kitoblar joriy yilning fevralь oyi oxiriga qadar taqdim etiladi. Konsulьtant kompaniyalar tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, tonnelning uzunligi mavjud yo‘ldan qanchalik balandlikda qurilishidan kelib chiqib 19 dan 30 kilometrgacha etishi mumkin. Tonnelь qurilishida tonnelь dizayni, texnik parametrlari (shu jumladan ventilyatsiya tizimi), hamda iqtisodiy va tijoriy maqsadga muvofiqligi  texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar jarayonida (2020 yil oktyabrь oyiga qadar) o‘rganib chiqiladi. Loyihani amalga oshirish maqsadga muvofiq deb topilsa, tender  hujjatlari tayyorlanadi (2021 aprelь oyiga qadar) hamda ikki bosqichli tender jarayonlari 2022 yil mart oyiga qadar davom etadi. Shuningdek, Tender g‘olibi bilan 2022 yil mart oyida bitim imzolanishi ko‘zda tutilgan.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Font Resize