“Toshkent — Andijon” pullik avtomobil yo‘lini qurish rejalashtirilmoqda

O‘zbekiston yana bir pullik yo‘llar qurish loyihasini amalga oshirishi mumkin. “Toshkent — Andijon” pullik avtomobilь yo‘lini qurish loyihasini ayni kunda konsulьtatsiya xizmatlarini ko‘rsatuvchi kompaniyalar (Pwc, Arup) tomonidan dastlabki texnik iqtisodiy hisob-kitob hujjatlari tayyorlanmoqda. Ushbu kompaniyalar joriy yilning fevralь oyi oxiriga qadar hujjatlarni taqdim etadi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, loyiha uzunligi 350-360 kilometr atrofida bo‘ladi. Asosan 4 yo‘lakdan iborat bo‘ladigan yo‘l qurish loyihasi respublika miqyosida yuqori iqtisodiy-ijtimoiy ta’sirga ega. Ushbu loyihani 3 bosqichda (1. Qamchiq avtomobilь tonneli, 2. Toshkent–Angren yo‘li, 3. Qo‘qon–Andijon yo‘li) amalga oshirish rejalashtirilmoqda. Loyihaning dastlabki moliyaviy va texnik  hisob–kitoblari taqdim etilgandan so‘ng, Jahon banki bilan loyihani amalga oshirish bo‘yicha bitim imzolanishi ko‘zda tutilgan. Bundan tashqari, xalqaro standartlardan kelib chiqib, yo‘l qoplamasi tsement yoki biton bo‘lishi, transport oqimi va yo‘l atrofida joylashgan ob’ektlarga ta’siri va boshqa muhim texnik-iqtisodiy va tijoriy masalalar texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar jarayonida (2020 yil oktyabrь oyiga qadar) aniqlanishi lozim. Loyihani amalga oshirish maqsadga muvofiq deb topilganda, tender  hujjatlari tayyorlanib (2021 aprelь oyiga qadar), tender bosqichlari amalga oshirilishi (2022 yil aprelь oyiga qadar)  hamda tender g‘olibi bilan 2022 yil aprelь oyida davlat-xususiy sheriklik asosida bitim izolanishi kutilmoqda. Qurilish ishlari 2025-2026 yilgacha davom etadi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Font Resize