Xorazmning 2 ta tumanida sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasi 44% dan 80% ga etkaziladi

Joriy yilning 27 yanvarь kuni O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy  va komunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tomonidan va Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi ko‘magida Xorazm viloyati Yangiariq va Yangibozor tumanlarida Davlat xususiy-sheriklik asosida ichimlik suv ta’minotini rivojlantirish bo‘yicha 2ta davlat-xususiy sheriklik bitimlari imzolandi.

Suv ta’minoti ob’ektlaridan foydalanishda davlat-xususiy sheriklikni amalga oshirish loyihasi doirasida mahalliy investorlar tomonidan Xorazm viloyatining Yangibozor tumanida 5 mlrd. so‘m va Yangiariq tumanida 9 mldr. 430 mln. so‘m mablag‘lar jalb qilinadi. Mazkur davlat-xususiy sheriklik loyihasi doirasida 10 yil davomida  tumanlar hududidagi barcha iste’molchilar, ichimlik suv tarmoqlari qayta xatlovdan o‘tkaziladi. Shu bilan birga, ichimlik suv quvuriga ulanmagan aholi punktlari va xonadonlarni ichimlik suv quvuriga ulash, tuman hududiga va fuqarolar yig‘in hududlariga kiruvchi ichimlik suv quvurlariga suv hisoblagichlarni o‘rnatish ishlari olib boriladi. 35 km ortiq  yangi  ichimlik suv quvurlari va kanalizatsiya tarmoqlarini qurish va rekonstruktsiya qilish ishlari amalga oshirilishi natijasida 7 573 dan ziyod xonadonlarda yashovchi 37 868 nafar aholi xalqaro standartlar talablariga javob beradigan ichimlik suvi bilan ta’minlanadi. Davlat-xususiy sheriklik loyihasi doirasida tumanlar aholisining sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik  darajasi 44% dan 80% ga etkazilishi rejalashtirilgan.

Loyiha doirasida xususiy sherik hozirgi kunda suv tarqatish inshootlardagi ko‘p energiya sarflovchi va eskirgan barcha nosoz, uskuna, jihoz, quvurlar va nasos agregatlarini to‘liq almashtiradi. Yuzaga keladigan avariyalarni tezkor ravishda va qisqa muddatda to‘liq bartaraf qilish uchun zarur texnika va asbob-uskunalar, quvurlar, maxsus  texnika  va  boshqa  anjomlar zahirasini yaratish, yangi va zamonaviylarini sotib oladi. Umuman olganda xususiy sherik, ya’ni investor davlat-xususiy sheriklik loyihasi doirasidagi ob’ektlarni moddiy texnik bazasini rivojlantirish ishlarini o‘z hisobidan amalga oshiradi.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Font Resize