Madaniyat sohasidagi DXSH loyihalari bo‘yicha muloqot

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligida “Madaniyat va san’at sohasida davlat-xususiy sheriklikni amalga oshirishga ko‘maklashish” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Tadbirda vazirlikning mutasaddi hodimlari, hududiy boshqarma boshliqlari, investor va tadbirkorlik sub’ektlari hamda Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi mutaxassisi B.Sodiqov ishtirok etdi.


Seminarda agentlik mutaxassisi tomonidan “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonun va uning mohiyati, davlat-xususiy sheriklikning (DXSh) asosiy vazifalari va shartlari, madaniyat va san’at sohasida DXSh asosida amalga oshirish mumkin bo‘lgan loyihalar, bunda davlat va xususiy sherikning manfaatdorligi, loyihalarga moliyaviy manbalarni jalb qilish, ularni tayyorlash va amalga oshirish jarayonlari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Font Resize