Davlat-xususiy sheriklik: 8,3 mlrd dollarlik loyihalar haqida

O‘zbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida quyidagilarni ma’lum kilamiz.
2019-2020 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi tomonidan transport, energetika, yo‘l, kommunal, tibbiyot, suv xo‘jaligi, ta’lim sohalarida tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda umumiy qiymati 8,3 mlrd. AQSh dollari bo‘lgan jami 32 ta davlat-xususiy sheriklik (keyingi o‘rinlarda – DXSh) loyihalari bo‘yicha ish olib borilmoqda.
I. Jumladan, yirik DXSh loyihalarining amaldagi holati qo‘yidagicha:
Energetika sohasida:
– Energetika vazirligi va DXSh Agentligi tomonidan, Xalqaro moliya korporatsiyasi ko‘magida Sirdaryo viloyatida quvvati 1500 MVt bo‘lgan issiqlik elektr stantsiyasini qurish va ekspluatatsiya qilish bo‘yicha DXSh loyiha kontseptsiyasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlandi, mazkur loyiha bo‘yicha qiziqish bildirish e’loni chop etilishi natijasida dunyoning yirik 45ta kompaniyalari qiziqish bildirishgan (Sumitomo, Marubeni, Siemens, Eni, Hyindai va h.k.), loyiha bo‘yicha tender hujjatlari tayyorlandi va tender may oyida boshlanib dekabrda yakunlanishi ko‘zda tutilgan;
– Energetika vazirligi va DXSh Agentligi tomonidan, Xalqaro moliya korporatsiyasi ko‘magida Samarqand va Jizzax viloyatlarida har bir 200 MVt quvvatga ega bo‘lgan fotoelektrik quyosh stantsiyalarini qurish va ekspluatatsiya qilish Scaling Solar 2 – DXSh loyiha kontseptsiyasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlandi, mazkur loyiha bo‘yicha
qiziqish bildirish e’loni chop etilishi natijasida dunyoning yirik 84 ta investor qiziqish bildirishgan (Total Eren, Eni, CCECC, ACWA Power, Risen Energy va h.k.), loyiha bo‘yicha tender hujjatlari tayyorlandi va tender may oyida boshlanib oktyabrda yakunlanishi ko‘zda tutilgan;
– Energetika vazirligi va DXSh Agentligi tomonidan, Osiyo taraqqiyot banki (OTB) ko‘magida Surxondaryo viloyatida 200 MVt quvvatga ega bo‘lgan fotoelektrik quyosh stantsiyasini qurish va ekspluatatsiya qilish bo‘yicha DXSh loyiha kontseptsiyasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlandi, mazkur loyiha bo‘yicha qiziqish bildirish e’loni chop etilishi natijasida dunyoning yirik 54 ta investorlar qiziqish bildirishgan (Sumitomo, Samsung, Total Eren, Jinko Power va h.k.), loyiha bo‘yicha tender hujjatlari tayyorlandi va tender may oyida boshlanib oktyabrda yakunlanishi ko‘zda tutilgan;
– Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi tomonidan xususiy tashabbus orqali Sirdaryo viloyatida quvvati 1500 MVt bo‘lgan issiqlik elektr stantsiyasini qurish va ekspluatatsiya qilish bo‘yicha DXSh to‘g‘risidagi bitimi (PPA va IA shartnomalari) imzolandi, ushbu loyiha bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaror imzolanishi kutilmoqda, kompaniya tomonidan 1 KVt/soat uchun 1,22 tsent narxni taklif etgan. Qurilish davri 36 oy;

– Turkiyaning “Aksa Enerji Uretim S.A.” kompaniyasi tomonidan xususiy tashabbus orqali Toshkent viloyatida quvvati 240 MVt bo‘lgan issiqlik elektr stantsiyasini qurish va ekspluatatsiya qilish loyihasi kontseptsiyasi hamda DXSh to‘g‘risidagi bitimi (PPA va IA shartnomalari) tayyorlandi, loyihani amalga oshirish bo‘yicha qaror qabul qilgandan so‘ng, ushbu loyiha bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaror imzolanishi kutilmoqda, kompaniya tomonidan 1 KVt/soat uchun o‘rtacha 1,65 tsent narxni taklif etgan. Qurilish davri 12 oy.
Transport sohasida:
– Transport vazirligi va DXSh Agentligi tomonidan, Jahon banki ko‘magida “Toshkent-Andijon yo‘lini qurish va ekspluatatsiya qilish” loyihasi bo‘yicha tomonidan izlanish ishlari olib borilmoqda. Loyihaning dastlabki texnik-iqtisodiy hisob-kitoblari natijalari Jahon banki tomonidan taqdim etilishi kutilmoqda. Loyihani DXSh asosida amalga oshirish maqsadga muvofiqligidan kelib chiqib, 2021 yil 2-choragida tender e’lon qilinishi va 2022 yil 2-choragida tender g‘olibi aniqlanishi ko‘zda tutilgan. Qurilish davri 24 oy;
– Transport vazirligi va DXSh Agentligi tomonidan, Evropa taraqqiyot va tiklanish banki ko‘magida “Toshkent — Samarqand yo‘lini qurish va ekspluatatsiya qilish” loyihasi bo‘yicha dastlabki texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarni ishlab chiqish maqsadida xalqaro konsulьtantlar tanlandi. Mazkur ishlar 2020 yilning ohirida yakunlanishi, tender savdolari 2021 boshida boshlanib, iyul oyida yakunlanishi ko‘zda tutilgan. Qurilish davri 24 oy;
Aviatsiya sohasida, Jahon banki O‘zbekistondagi bir nechta xudud aeroportlarini DXSh mexanizmi orqali modernizatsiya qilish bo‘yicha izlanish olib borib, izlanish xarajatlarini Xalqaro infratuzilma fondi (GIF) ning 350 ming AQSh dollari miqdoridagi granti ajratilgan. Hozirda Jahon banki tomonidan izlanishlar olib boradigan konsultantlar tanlanmoqda. Konsulьtantlar 2020 yilda oxiriga qadar jalb etilishi va ular tomonidan izlanish ishlarini tugatilib, takliflar taqdim etishi ko‘zda tutilgan.
Shu bilan birga, DXSh Agentligi tashabbusi bilan Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlikda grant asosida O‘zbekistonda avtomobil yo‘llarini rivojlantirish Strategiyasi va Jahon banki bilan Transport sohasi Master rejasi ishlab chiqilmoqda.
Kommunal cohasida:
– Toshkent shahar hokimiyati, DXSh Agentligi va Osiyo taraqqiyot banki tomonidan bo‘lgan Toshkent shahar issiqlik ta’minoti tizimini DXSh asosida boshqaruvga topshirish bo‘yicha loyiha Kontseptsiyasi Frantsiyaning yirik “Violiya” kompaniyasi tomonidan hokimiyatga qayta taqdim etilgan. Hozirgi kunda Toshkent shahar hokimligi tomonidan loyiha kontseptsiyasi va moliyaviy hisob-kitoblari o‘rganib chiqilmoqda. Keyingi bosqichi DXSh Agentligi Vazirlar Mahkamasiga mazkur Kontseptsiyani tasdiqlash uchun taqdim etadi. Kontseptsiya tasdiqlangan kundan boshlab 45 kunlik e’longa joylashtiriladi va boshqa talabgorlar tomonidan qiziqish bildirilmasi 60 kalendar kuni mobaynida xususiy tashabbus mexanizmi orqali (private initiative) DXSh bitimi imzolanadi;

– Uy-joy kommunal-xo‘jalik vazirligi, DXSh Agentligi va Osiyo taraqqiyot banki tomonidan Samarqand, Buxoro, Namangan va Qarshi shaharlarida suv ta’minoti hamda kanalizatsiya tarmoqlarini DXSh shartlari asosida tarmoqlarni modernizatsiyalash va boshqaruvga topshirish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha konsalting shartnomasi imzolandi va hozirgi kunda Namangan shahri bo‘yicha loyihaning texnik-iqtisodiy izlanishlar ishlari boshlangan. Tenderni yakunlash reja muddati – 2020 yilning 3-4 choragi.
Qo‘shimcha sohalar va ishlar bo‘yicha:
Xalq ta’limi vazirligi, DXSh Agentligi va Osiyo taraqqiyot banki tomonidan Toshkent shahar va Toshkent viloyatida 14 maktabni yangidan qurish, ta’mirlash va qayta tiklash bo‘yicha DXSh loyihasi bo‘yicha konsalting xizmati shartnomasiga imzo qo‘yildi va loyihani tayyorlash ishlari boshlandi. Tenderni yakunlash reja muddati – 2021 yilning 1-choragi.
Bundan tashqari, DXSh loyihalarini moliyalashtirishda mahalliy manbalarni rivojlantirish maqsadida OTB bilan birglikda infrastruturani moliyalashtirish mexanizmini tashkil etish masalasi bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Ilova: DXSh loyihalari bo‘yicha monitoring ma’lumotlari.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Font Resize