YTTB bilan O‘zbekistondagi loyihalar holati muhokama qilindi

Joriy yilning 1 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB) o‘rtasida davlat-xususiy sheriklik (DXSh) asosida amalga oshirilayotgan loyihalar bo‘yicha onlayn videokonferentsiya bo‘lib o‘tdi.


Muloqotda, mamlakatimizda YTTB yordamida amalga oshirilayotgan DXSh loyihalarining xozirgi holati muhokama qilindi.
Xususan, “Toshkent-Samarqand pullik avtomobilь yo‘lini qurish” loyihasi bo‘yicha fikr almashildi. Hozirgi pandemiya sharoitida loyihani amalga oshirishda kelib chiqishi mumkin bo‘lgan kechikishlarni oldini olish bo‘yicha muloxazalar bildirildi. YTTBning Infratuzilma siyosati bo‘limi boshlig‘i Metyu Jordan Tank, DXSh loyihalarini amalga oshirishda sustkashlikka aslo yo‘l qo‘yilmasligi va buni oldini olish uchun bank barcha choralarni ko‘rishga tayyorligini bildirdi. Loyihaning dastlabki texnik iqtisodiy hisob-kitoblari bo‘yicha ishlarni yaqin orada boshlash va yil oxirigacha yakunlash rejalashtirilgan.
Videomuloqotda, shamol elektrostantsiyalarini qurish loyihalarini muvaffaqiyatli amalga oshirish bo‘yicha ham muhokamalar bo‘lib o‘tdi. Tez orada tender bosqichlarini boshlash bo‘yicha fikr almashildi.
Onlaynmuloqot yakunida loyihalar bo‘yicha aniq muddatlar belgilab olindi, shuningdek muhokama qilingan tashabbus va takliflarni inobatga olgan holda loyihalarni yanada samarali bajarishga kelishib olindi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Font Resize