Shavkat Mirziyoyev: «Karantindagi aholining 83 foizi o‘z uyiga qaytdi»

O‘zbekiston Prezidenti 5 may kuni videoselektor yig‘ilishi avvalida koronavirus infektsiyasiga qarshi kurash doirasida amalga oshirilayotgan ishlarga yana bir bor alohida to‘xtalib o‘tdi:

Butun insoniyat koronavirus bilan birga, iqtisodiy inqirozga ham qarshi kurashayotganini hammamiz ko‘rib, kuzatib turibmiz.

🌐 Jahonda murakkab vaziyatdan chiqish uchun karantin choralarini asta-sekin yumshatayotgan davlatlar soni ko‘payib bormoqda.

🇺🇿 Yaratganga shukur, bugun O‘zbekistonda epidemiologik vaziyat tobora barqarorlashib boryapti. Bugungi kunda koronavirus yuqtirgan 2 ming 204 nafar bemordan 1 ming 454 nafari yoki 66 foizi to‘la sog‘aydi.

📈 Karantindagi aholining 83 foizi o‘z uyiga qaytdi. Ya’ni, ijobiy dinamika kuchayib bormoqda. Shifoxonalarda qolayotgan 740 nafar bemorni davolash, salomatligini tiklab, oilasi bag‘riga qaytarish uchun barcha zarur choralar ko‘rilmoqda.

💰 Bu ishlar osonlikcha bo‘layotgani yo‘q. Hozirga qadar bunga Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasidan 2 trillion 250 milliard so‘m sarfladik va 500 million dollar xalqaro moliya institutlaridan jalb qildik.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Font Resize