O'zbekistonda davlat-xususiy sheriklik aloqalarini o'rnatish (DXSH): Jahon banki guruhi tomonidan qo'llab-quvvatlanadigan tanlangan misollar

Xideki Mori (Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari)

O‘zbekiston DXSH sohasida ulkan yutuqlarga erishdi. 2019 yilda hukumat tomonidan Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi tuzildi. «Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida»gi Qonun qabul qilindi va ichki iqtisodiyotning tanlangan sohalarida kuchli DXSh loyihalarini amalga oshirishga kirishildi. Bu jarayonga xalqaro moliya institutlari (masalan, Jahon banki guruhi, Osiyo taraqqiyot banki va Evropa Taraqqiyot va Tiklanish banki) davlat idoralari (DXShni rivojlantirish agentligi, Energetika vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi) bilan samarali hamkorlik qilish orqali soha rivojiga o‘z hissalarini qo‘shmoqdalar.

2019 yil oktyabr oyida Navoiy viloyatida 100 MVt quvvatli quyosh fotoelektr stantsiyasini qurish loyihasi bo‘yicha tender muvaffaqiyatli yakunlanganidan so‘ng, Xalqaro Moliya Korporatsiyasi (XMK) tomonidan Samarqand va Jizzax viloyatlarida 400 MVt quvvatga ega quyosh energiyasi loyihasi bo‘yicha tender jarayonlari boshlandi (84 ta manfaatdor tomonlar qiziqish bildirdi). Shuningdek, 1,5 GVt quvvatga ega bo‘lgan Sirdaryoda tsiklli gaz turbinasi loyihasi (Yaqinda ushbu loyiha bo‘yicha investorlarning onlayn konferentsiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda 100 dan ortiq ishtirokchi
shu jumladan, sarmoyadorlar, moliya institutlar va boshqa manfaatdor tomonlar qatnashdi) hamda O‘zbekistonning uchta viloyatidagi sog‘liqni saqlash sohasidagi loyihalar amalga oshirilmoqda.
Bu say-harakatlar nafaqat hukumatning xorijiy investitsiyalar uchun qulay shart-sharoitlarni yaratishga bo‘lgan imkoniyatini, balki chet ellik investorlarning O‘zbekistondagi DXSh loyihalariga qiziqishini namoyish etadi.

Shu bilan bir qatorda, Jahon banki qayta tiklanadigan energiya ishlab chiqarish uchun qulay muhit yaratishda hukumatni qo‘llab-quvvatlamoqda. Shuningdek, kreditlarni oshirish va xavflarni kamaytirish uchun bank kafolati vositalaridan foydalanishda potentsial xususiy investorlarga yordam bermoqda.

Bundan tashqari, 2018 yildan boshlab, DXShni rivojlantirish agentligi, Xalqaro Moliya korporatsiyasining mutaxassislari va tegishli davlat idoralari bilan hamkorlikda xodimlar malakasini oshirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Masalan, o‘tgan oyda davlat idoralarining 20 ta xodimi “DXSh Professional Sertifikati” dasturining uchinchi bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tdi.

Jahon banki guruhi O‘zbekistonning iqtisodiy rivojlanishini keyingi bosqichiga olib chiqadigan muhim infratuzilma va xizmatlarni taqdim etuvchi DXSh loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha samarali hamkorlikni davom ettirishdan umidvor.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Font Resize