Limonchilik tarmog'ini yanada rivojlantirishga doir chora tadbirlar

Respublikada limonchilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish, ilmiy-tadqiqotlar ko‘lamini kengaytirish, ilg‘or va zamonaviy resurs tejovchi texnologiyalarni qo‘llash asosida yuqori sifatli sanoatbop va eksportbop limon yetishtirish hajmini oshirish, davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini keng joriy etish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va “Limon yetishtiruvchilar va eksport qiluvchilar” uyushmasining:
“Limon yetishtiruvchilar va eksport qiluvchilar” uyushmasi nomini “Sitrus, subtropik va tropik o‘simlik yetishtiruvchilar va eksport qiluvchilar” uyushmasi (keyingi o‘rinlarda — Uyushma) deb o‘zgartirish;
tajriba tariqasida Akademik M.Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti huzurida Uyushma ishtirokida davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi Sitrus, subtropik va tropik o‘simliklar ilmiy — amaliy markazini (keyingi o‘rinlarda — Markaz) tashkil etish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Font Resize