Toshkent shahri issiqlik ta'minoti tizimini dxsh shartlari asosida boshqaruvga berish bo'yicha loyiha konsepsiyasi tasdiqlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 2 dekabrdagi PQ-4543-sonli “Toshkent shahrining issiqlik ta’minoti tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori qabul qilingan. Ushbu qarorga asosan Toshkent shahri issiqlik ta’minoti tizimini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida boshqaruvga berish yuzasidan loyiha kontseptsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2020 yil 16 iyundagi 05/1-3999-son bilan loyiha kontseptsiyasi tasdiqlandi. O‘zbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq tasdiqlangan davlat-xususiy sheriklik loyihasi kontsepsiyasini potentsial davlat sherigi (Toshkent shahar hokimligi) hamda vakolatli davlat organi (Agentlik) tomonidan davlat-xususiy sheriklik loyihasining kontseptsiyasini boshqa talabgorlarga davlat-xususiy sheriklik loyihasining amalga oshirilishidan manfaatdorligi to‘g‘risida ma’lum qilish maqsadida o‘zining rasmiy veb-saytida qirq besh kalendar kun muddatda e’longa joylashtirdi.

Tenderda ishtirok etish istagi bo’lgan tomonlar o’zlarining qiziqish uchun so’rovlarini 2020 yil 3-avgust kuni, Toshkent vaqti bilan soat 12.00-ga qadar topshirishlari lozim.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Font Resize