DXSh tamoyili asosida Toshkent shahrining issiqlik tarmog'ini uzoq muddati foydalanish va modernizatsiya qilish loyihasi bo'yicha qiziqish bildirish uchun so'rovnoma e'lon qilindi

O‘zbekiston Respublikasi hukumati mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish orqali iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida energiya samaradorligini sezilarli darajada oshirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olingan. Butun mamlakat bo‘ylab tuman issiqlik tarmoqlarini rekonstruktsiya qilish ushbu dasturning muhim yo‘nalishlaridan biridir.

2020 yil 25 may kuni Toshkent shahri hokimiyatiga xususiy tashabbuskor tomonidan DXSh shartlari asosida Toshkent shahrining issiqlik tarmog‘ini uzoq muddatli foydalanish, saqlash va modernizatsiya qilish loyihasining kontseptsiyasi bo‘yicha taklif bilan chiqdi.

2019 yil 10 mayda qabul qilingan “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga muvofiq, loyiha kontseptsiyasi 2020 yil 26 mayda Toshkent shahar hokimligi va Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi (DXSh agentligi) tomonidan tasdiqlangan va 2020 yil 16 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan ruxsat berildi.

Endi «Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida»gi qonunga muvofiq, Toshkent shahar hokimiyati malakali xususiy kompaniyalar – markaziy isitish tizimlarining operatorlarini loyihaga qiziqish bildirish uchun taklif etadi. Takliflarni Toshkent shahar hokimiyati va DXSh agentligi veb-saytlarida quydagi link orqali bildirish mumkin.

Tenderda qatnashishni istovchi tomonlar o‘zlarining o‘z murojaatlarini 2020 yil 3 avgustdan Toshkent vaqti bilan soat 12:00 dan kechiktirmay topshirishlari kerak.

DXSh to‘g‘risidagi qonunning 17-bandiga binoan, murojaat qabul qilingan taqdirda, Toshkent shahar hokimiyati Osiyo taraqqiyot banki (OTB) ko‘magi bilan loyihaning xususiy tashabbuskori va qiziqish bildirgan uchinchi tomon ishtirokida loyiha bo‘yicha xususiy sherikni aniqlash uchun xalqaro tender o‘tkazadi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Font Resize