Qiziqish Bildiruvchilar Ro‘yxatini Shakllantirish

O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirligi huzuridagi davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi texnik-muhandislik, iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy xizmatlarda Davlat-xususiy sheriklik mexanizmi doirasida: «Elektr energiyasi iste’molining tig‘iz soatlaridagi maksimal yuklamani qoplash uchun tartibga soluvchi elektr stansiyasini qurish” loyihasi bo‘yicha konsalting xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha konsalting kompaniyasini ishga jalb qilish to‘g‘risidagi ro‘yxatni shakllantirish.

Kerakli konsul’tasion xizmatlari:
1. Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda loyiha-baholash hujjatini (yoki TIA/TIH) ishlab chiqish va uni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda solishtirish (ikki tilda);
2. DXSh loyihasi konsepsiyasini ishlab chiqish va uni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlash (ikki tilda);
3. Dastlabki malakani aniqlash bosqichi va tender g‘olibini saralash bosqichlariga (RFQ va RFP) tegishli barcha zarur hujjatlarni tayyorlash va o‘tkazish (ikki tilda);
4. Takliflar berish uchun so‘rov tayyorlash va o‘tkazish (ikki tilda);
5. Davlat-xususiy sheriklik bitimi loyihasini tayyorlash (davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash bitimi va elektro energiyani sotib olish to‘g‘risidagi bitim) (GSA, PPA) (ikki tilda).

Manfaatdor konsalting kompaniyalar o‘z takliflarizni quyidagi manzilga yuboring: 100100, Toshkent shahri, Sh. Rustaveli ko‘chasi, 8-uy. elektron manzil: pppinfo@ppp.mf.uz

Takliflarni oxirgi qabul qilish kuni 2020 yil 25 iyul, Toshkent vaqti bilan kunduzgi soat 12:00 ga qadar.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Font Resize