Samarqand viloyatining Nurobod va Narpay tumanlarida muammolar o‘rganildi

2020 yil 26-27 iyun kunlari Davlat-xususiy sheriklikni (DXSh) rivojlantirish agentligi direktori – moliya vaziri o‘rinbosari G‘olib Xoljigitov boshchiligidagi ishchi guruh Samarqand viloyatida o‘rganishlar olib bordi.

Tashrif davomida Nurobod va Narpay tumanlarida sayyor uchrashuvlar o‘tkazildi. Muloqotlarda aholini, tadbirkorlarni qiynab kelayotgan muammolar atroflicha o‘rganildi.

Muloqotlarda ta’lim sohasida maktablarni ta’mirlash, qo‘shimcha binolar qurish, bankdan kredit olish, DXSh asosida maktabagacha ta’lim tashkilotlarini (MTT) qurish, MTTlarga subsidiyalar ajratish, ko‘prik qurish uchun mablag‘ ajratish, tuman hokimligi binosini rekonstruksiya qilish hamda hokimlik binosi maydonini zamonaviy ko‘rinishga keltirish uchun mablag‘lar ajratilishida amaliy yordam berish, ijtimoiy soha loyihalarini investisiya dasturiga kiritishda amaliy yordam ko‘rsatish, zamonaviy Fizioterapiya bo‘limi tashkil etishda amaliy yordam berish kabi qator masalalar yuzasidan murojaatlar kelib tushdi.

Har bir murojaat tegishli tartibda nazoratga olindi. Muammolarni hal etish bo‘yicha amaliy ishlar boshlab yuborildi.

 

Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish
agentligi matbuot xizmati

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Font Resize