“Elektron kundalik” yagona tizimini joriy etish bo’yicha loyiha konsepsiyasi tasdiqlandi. Qiziqish bildirish uchun e’lon

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2019-yil 29-apreldagi  PF-5712-son Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida raqamli texnologiyalarni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 17-martdagi  PQ-4642-son qaroriga muvofiq barcha umumta’lim maktablarida o‘zlashtirish jurnallari va kundalik yozuvlarning elektron shakllaridan foydalanish, davomatni masofadan monitoring qilish, o‘quvchilarning kelish va ketish vaqtlari nazorati bilan bog‘liq bo‘lgan o‘quv jarayonini avtomatlashtirish tizimi joriy etilishi hamda o‘quvchilarning o‘zlashtirishini hisobga olish, o‘qituvchilar faoliyatiga oid statistika va hisobotlarni shakllantirishni nazarda tutuvchi “Elektron kundalik” yagona tizimi joriy etilishi belgilangan.

2020-yil 2-iyul kuni xususiy tashabbuskor – “Kundalik” MChJ tomonidan Xalq ta’limi vazirligiga loyiha tashabbus taklifi, shu jumladan, loyiha konsepsiyasi va loyiha baholash hujjati taqdim etilgan. Loyiha tashabbus taklifiga muvofiq Toshkent shahri, Oʻzbekiston Respublikasining boshqa shahar va viloyatlarda roʻyxatdan oʻtuvchi bir million oʻquvchi uchun avtomatlashtirilgan “Elektron kundalik” axborot tizimini yaratish, joriy etish va faoliyatini ta’minlashni davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etish rejalashtirilgan.

Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida” 2019-yil 10-maydagi OʻRQ-537-son Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 2020-yil 26-apreldagi 259-son qaroriga muvofiq mazkur davlat-xususiy sheriklik loyihasi konsepsiyasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan joriy yilning 3-iyulida tasdiqlandi.

Loyiha turi: “Elektron kundalik” avtomatlashtirilgan axborot tizimini yaratish, joriy etish
va faoliyatini ta’minlash.

Xususiy sherik tomonidan bajariladigan ish hajmi: Xususiy sherik Toshkent shahri, Oʻzbekiston Respublikasining boshqa shahar va hududlarida roʻyxatdan oʻtuvchi bir million oʻquvchi uchun qogʻoz kundaliklar va jurnallarni raqamlashtirish boʻyicha avtomatlashtirilgan axborot tizimini yaratadi.

Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq Xalq ta’limi vazirligi malakali xususiy kompaniyalarning davlat-xususiy sheriklik loyihasining amalga oshirilishidan manfaatdorligi to‘g‘risida ma’lum qilish uchun manfaatdorlikni ifoda etish arizasi va tender buyurtmalarini (takliflari) Xalq ta’limi vazirligi va davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligining veb-saytlaridagi e’longa muvofiq topshirishlari mumkin.

Loyiha Prezentatsiyasi

Qiziqish bildirish uchun so’rov formasi (EOI Submission form)

Loyiha konsepsiyasi

Tenderda ishtirok etish istagi boʻlgan tomonlar oʻzlarining manfaatdorlikni ifoda etish arizasi va tender buyurtmalarini (takliflari) 2020-yil 18-avgust kuni Toshkent shahri vaqti bilan soat 18:00 ga qadar topshirishlari lozim.

Manfaatdorlikni ifoda etish arizasi va tender buyurtmalari (takliflari) quyidagi manzilda qabul qilinadi: Toshkent shahri, A.Navoiy ko’chasi, 2a uy (Xalq ta’limi vazirligi).

Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida” Qonunining
17-moddasiga muvofiq manfaatdorlikni ifoda etish arizasi va tender buyurtmalari (takliflari) kelib tushgan taqdirda, Xalq ta’limi vazirligi tomonidan loyihaning xususiy tashabbuskori va qiziqish bildirgan uchinchi tomonlar ishtirokida loyiha uchun xususiy sherikni aniqlash yuzasidan tender jarayonlarini oʻtkazadi.

E’longa berilgan sana: 2020-yil 4-iyul

DXSH agentligidan mas’ul shaxs:

Rajabov Akmal Toirovich

Tel : +998 71 203 03 07

Davlat sherigi tomonida loyiha uchun mas’ul shaxs:

Sadullaev Sarvarbek Azimbayevich

Tel.: +998 71 241 02 56

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Font Resize