Quyi Chirchiqda suv resurslarini boshqarish tizimi yaxshilanadi

2020 yil 14 avgust kuni Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi rahbariyati Moliya vazirligi hamda Suv xo‘jaligi vazirligi mutaxassislari bilan birgalikda Toshkent viloyatining Quyi Chirchiq tumanidagi irrigasiya, melioratsiya va Chirchiq-Ohangaron ITXB qoshidagi suv xo‘jaligi bo‘limi vakolatlarini xususiy sherikka o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilishi mo‘ljallangan Davlat-xususiy sheriklik loyihasi bilan tanishishdi.


Loyiha doirasida Toshkent viloyatining Quyi Chirchiq tumanida joylashgan 160 km 6 ta xo‘jaliklararo kanal, 124 ta gidropost, 285 ta gidroinshoot, 8 ta dyuker, 12 ta akveduk va moddiy texnik baza xususiy sherikka 10 yil davomida foydalanish uchun beriladi.


Loyihaning umumiy qiymati 43221,3 mln so‘mni tashkil etadi va uni amalga oshirish orqali:

  • 160,8 km irrigasiya ob’ektlari, 2526,7 km melioratsiya ob’ektlari ta’mirlanadi. Buning natijasida suv resurslarini boshqarish, suvdan tejamkorlik bilan foydalanish va gidrotexnik inshootlarning texnik holati yaxshilanadi;
  • suv hisobini yuritishda raqamli texnologiyalar joriy etiladi
  • erlarning unumdorligi oshiriladi;
  • sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holati yaxshilanadi;
  • tuproqning sho‘rlanish darajasini pasaytirish va oldini olish bo‘yicha samarali choralar qo‘llaniladi;
  • hududdagi 35 ming gektardan ortiq yer maydoni uzluksiz suv bilan ta’minlanishiga erishiladi.

Loyiha tashabbuskori «TCT AGRO CLUSTER» MChJ hisoblanadi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Font Resize