Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi, Koreya Respublikasining O'zbekistondagi elchixonasi va Koreyai Yer, infratuzilma va transport vazirligi huzuridagi KIND tashkiloti o'rtasida qurilish va infratuzilma sohasidagi hamkorlik bo'yicha onlayn forum bo'lib o'tdi.

2020 yil 9 sentabr kuni,  Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi, Koreya Respublikasining O’zbekistondagi elchixonasi va Koreyai Yer, infratuzilma va transport vazirligi huzuridagi KIND tashkiloti o’rtasida qurilish va infratuzilma sohasidagi hamkorlik bo’yicha onlayn forum bo’lib o’tdi.

Tadbirda Agentlik direktori, Koreya Respublikasining O’zbekistondagi elchixonasi rahbari, KIND direktori, Koreyaning yirik tashkilotlari va xususiy kompaniyalari, jumladan POSCO, Hyundai va Samsung vakillari ishtirok etishdi.

Onlayn muloqotda O’zbekistonning energetik va infratuzilma bozorlaridagi so’nggi tendensiyalar shuningdek, DXSH agentligining davlat-xususiy sheriklik loyihalari va uning shartlari haqida taqdimot o’tkazildi. Bir qator loyihalri bo’yicha ishlarni jadallashtirishga kelishib olindi.

Ma’lumot uchun: Koreya Yer, infratuzilma va transport vazirligi huzuridagi KIND tashkiloti ikki mamlakat o’rtasidagi kooperatsiya aloqalarini yanada mustahkamlash va Koreya kompaniyalarining O’zbekistonning DXSH sohasida loyihalariga jalb qilishga qaratilgan 2 ta forum tashkil etgan. Ushbu tadbirlar o’tgan yilning noyabr oyida va joriy yilning ikkinchi yarmida o’tkazildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Font Resize