Xorazm viloyati Xiva tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli sobiq “Dashyoq” QVP binosida tibbiyot markazi tashkil etish bo‘yicha davlat-xususiy sheriklik loyihasi yuzasidan boshqa talabgorlarga davlat-xususiy sheriklik loyihasining amalga oshirilishidan manfaatdorligi to‘g‘risida ma’lum qilish taklifi

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi “ADOLAT DENTA SERVIS” XK tomonidan tashabbus qilingan Xorazm viloyati Xiva tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli sobiq “Dashyoq” QVP ning bo‘sh binosida davlat-xususiy sheriklik asosida tibbiyot markazi tashkil etish loyihasini (keyingi o‘rinlarda – Loyiha) amalga oshirishni rejalashtirmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi barcha manfaatdor tomonlarni Loyihaning amalga oshirilishidan manfaatdorligi to‘g‘risida ma’lum qilish taklifi taqdim etishlarini so‘raydi. Xususiy sherik mamlakatdagi o‘sib borayotgan bozordan manfaat ko‘radi hamda mamlakatda amalga oshiriladigan davlat-xususiy sheriklik loyihalaridan birida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Loyiha yuzasidan xususiy sherikni tanlash O‘zbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 26 apreldagi 259-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat-xususiy sheriklik loyixalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida” nizom talablari asosida amalga oshiriladi.
Kompaniyalar loyihaning amalga oshirilishidan manfaatdorligi to‘g‘risida ma’lum qilish taklifini taqdim etishlari so‘raladi. Loyihaning amalga oshirilishidan manfaatdorligi to‘g‘risida ma’lum qilish taklifi ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlarning qisqacha tavsifi bilan ilovadagi jadvalni to‘ldirilgan holda 2020 yilning 18 oktyabriga qadar quyidagi elektron pochta manziliga yuborilishi lozim.

Loyiha konsepsiyasi

Qiziqish bildirish uchun so’rov formasi

Talablar quyidagicha:
Tibbiy diagnostika va davolash xizmatlarini (stomotologiya, fizoterapiya
va terapiya) ko‘rsatishda yetarli darajada malaka tajribaga ega bo‘lish.
Moddiy va texnik jixatdan ta’minlangan bo‘lish.

Tenderda ishtirok etish istagi bo‘lgan tomonlar o‘zlarining qiziqishni bildirish uchun so‘rovlarini 2020 yil 18-oktyabr’ kuni, Toshkent vaqti bilan soat 21:00 ga qadar topshirishlari lozim.
Qiziqish bildirish uchun tasdiqlangan so‘rov formasi va hujjatlar (hisobotlar) to‘liq hamda o‘z vaqtida taqdim qilinmagan taqdirda berilgan takliflar rad etiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘likni saqlash vazirligi
Elektron pochta manzili: info@minzdrav.uz
Telefon raqami: (+71) 239-46-43

DXSh Agentligi:
Elektron pochta manzili: pppdauz@gmail.com
Telefon raqami: 71 203-03-07 (711)

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Font Resize