Agentlik «Virtual energiya eksporti-2020» xalqaro onlayn konferensiyasida ishtirok etdi

2020 yil 28 sentyabr- 1 oktyabr kunlari Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi, Buyuk Britaniyaning Ozbekistondagi elchixonasi vakillari, investorlar, xalqaro moliya institutlari va yirik kompaniyalar mutaxassislari ishtirokida «Virtual energiya eksporti-2020» xalqaro onlayn konferensiyasi bolib otdi.

Konferensiyada 70 dan ortiq xalqaro investorlar, xalqaro moliya institutlari va yirik kompaniyalar mutaxasislari, Moliya vaziri orinbosari, DXSH agentligi direktori Xoljigitov Golib, muvofiqlashtirish va axborotni tahlil qilish sektori mutaxassisi Norbayev Islombek ishirok etdi.

Konferentsiyani Buyuk Britaniyaning energetika sanoati assotsiatsiyasining mintaqaviy direktori Rayn Makferson olib bordi. Uchrashuvni Britaniyaning O’zbekistondagi elchisi Tim Torlot va O’zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchisi Said Rustamov o’z kirish so’zlari bilan boshlab berishdi. Yigilish davomida Investitsiyalar vazirining o’rinbosari – Shuhrat Vafayev O’zbekistondagi investitsiya muhiti va Britaniya kompaniyalari uchun imkoniyatlar haqida malumot berib otdi. So`ngra energetika vazirining o’rinbosari – Sherzod Xo’jaev O’zbekistondagi qayta tiklanadigan energiya manbalari to’g’risida taqdimot qildi. DXShni rivojlantirish agentligi direktori – G’olib Xoljigitov O’zbekistonda, xususan, energetika sohasida DXShning tuzilishi va imkoniyatlari haqida batafsil gapirib berdi. Qayta tiklanadigan energiya manbalariga talab tez sur’atlarda o’sib borayotganligi sababli, energetika sohasidagi DXSH loyihalariga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Font Resize