Norin-Qoradaryo irrigatsiya tizimlari xavza boshqarmasi huzuridagi Shahrixonsoy irrigatsiya tizimlari boshqarmasiga qarashli Andijon viloyati Xo’jaobod tumani Shahrixonsoy hududida dam olish maskani va sog’lomlashtirirsh kompleksini davlat-hususiy sheriklik asosida qurish loyihasi yuzasidan loyiha konsepsiyasi tasdiqlandi. Qiziqish bildirish uchun E’lon

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 10 iyuldagi PF-6024-sonli farmoni bilan tasdiqlangan «O’zbekiston Respublikasi suv xo’jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yilga mo’ljallangan konsepsiyasi» ning 5.8 bandiga asosan Norin-Qoradaryo irrigatsiya tizimlari xavza boshqarmasi huzuridagi Shahrixonsoy irrigatsiya tizimlari boshqarmasiga qarashli Andijon viloyati Xo’jaobod tumani Shahrixonsoy hududida “Dam olish maskani va sog’lomlashtirirsh kompleksi”ni davlat-hususiy sheriklik asosida qurish loyihasi yuzasidan loyiha konsepsiyasi tasdiqlandi. O‘zbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq tasdiqlangan davlat-xususiy sheriklik loyihasi kontsepsiyasini potentsial davlat sherigi (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo’jaligi vazirligi) hamda vakolatli davlat organi (Agentlik) tomonidan davlat-xususiy sheriklik loyihasining kontseptsiyasini boshqa talabgorlarga davlat-xususiy sheriklik loyihasining amalga oshirilishidan manfaatdorligi to‘g‘risida ma’lum qilish maqsadida o‘zining rasmiy veb-saytida 45 (qirq besh) kalendar kun muddatda e’longa joylashtirdi.

  • Qiziqish bildirish uchun so’rov formasi (EOI Submission form)
  • Loyiha konsepsiyasi
  • Talablar :
    • Dam olish maskani va sog’lomlashtirirsh komplekslarini qurish tashkil etish hamda yuritish bo’yicha etarli darajada malaka tajribaga ega bo’lishi lozim
    • Moddiy va texnik jihatdan ta’minlangan bo’lishi lozim.

Tenderda ishtirok etish istagi bo’lgan talabgorlar o’zlarining qiziqish uchun so’rovlarini 2020 yil 4-dekabr kuni, Toshkent vaqti bilan soat 18.00-ga qadar topshirishlari lozim.

Qiziqish bildirish uchun tasdiqlangan so’rov formasi  va xujjatlar (hisobotlar) to’liq hamda o`z vaqtida  taqdim qilinmagan taqdirda berilgan takliflar rad etiladi.

Murojaat uchun:

Davlat sherigidan mas’ul shaxslar

Murojaat uchun veb-sayt: water.gov.uz
Biriktirilgan xodim: R. Sharopov, B. Hamrakulov
tel: 71 202-47-52, 71 202-47-79, 90 318-77-72, 90 380-97-22,


 

DXSh agentligi tomonidan mas’ul shaxslar

E-mail : pppinfo@ppp.mf.uz  (undan tashqari pppdauz@gmail.com pochtasiga ham nusxa jo’natilishi kerak)

Biriktirilgan xodimlar: A.Duvlonov 
tel: 71 203-03-07

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Font Resize