O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslaxatchisi O‘zbekistondagi DXSH loyihalarining borishi bilan tanishtirildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslaxatchisi Suma Chakrabarti hamda Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

S.Chakrabartiga dastlab, mamlakatimizda davlat-xususiy sheriklik tamoyillari bo‘yicha qilinayotgan ishlar haqida ma’lumotlar berildi. Unda qayd etilganidek, hozirda agentlik tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda energetika, sog‘liqni saqlash, kommunal xizmatlar, transport, ekologiya, ta’lim, suv xo‘jaligi kabi sohalarda umumiy qiyomati 5,8 mlrd dollarlik 66 ta loyihani amalga oshirish bo‘yicha ishlar olib bormoqda.

Muloqotda davlat-xususiy sheriklik sohasini yanada rivojlantirish istiqbollari muhokamalar markazida bo‘ldi. Bunda yo‘nalishlar bo‘yicha ko‘p yillik strategiya va rejalarni ishlab chiqish, amalga oshirilayotgan loyihalarga xorijiy moliya korporatsiyalarini jalb qilish, ma’sul vazirliklar va idoralarning hamkorligini yanada kuchaytirish, davlat-xususiy sheriklikning afzalliklari haqida ko‘proq ma’lumot tarqatish kabi masalalarga alohida urg‘u berildi.

You may also like...

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Font Resize