Namanganda aholini maishiy chiqindilarni tashish xizmati bilan 100% qamrab olinadi

Namangan viloyatida Namangan shahar, To‘raqo‘rg‘on, Mingbuloq va Namangan tumanlarini qamrab oluvchi 2 ta DXSH loyihalari bo‘yicha bitimlar tuzish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda davlat sherigi-Namangan viloyati hokimligi, Namangan viloyati Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi hamda xususiy sherik-“Namangan Musaffo Iqlim” MChJ o‘rtasida DXSH bitimini imzolandi.

Ushbu bitim bo‘yicha davlat sherigi tomonidan jami 74 ta maxsus avtotransport vositalari 7 yil muddatga bo‘lib to‘lash sharti bilan (keyinchalik xususiy mulk sifatida o‘tkaziladi), 2 ta chiqindilarni joylashtirish poligonlari maishiy chiqindilarni saralash va qayta ishlashga investitsiya kiritish sharti bilan 10 yil muddatga beg‘araz foydalanishga, 36 ta maishiy chiqindilarni qabul qilish shaxobchalari va 206 ta chiqindi konteynerlari 10 yil muddatga beg‘araz foydalanish uchun taqdim etilmoqda.

O‘z navbatida xususiy sherik tomonidan mazkur DXSh bitimlari doirasida jami kiritiladigan 7,8 mln AQSh dollari miqdoridagi investitsiya mablag‘lari hisobidan 80 ta chiqindi tashuvchi texnika, 2 ta chiqindilarni saralash va 2 ta qayta ishlash uskunalari, 50 ta maishiy chiqindilarni to‘plash shaxobchasi va 150 ta chiqindi konteyneri, shuningdek 3 ta chiqindilarni qayta yuklash stantsiyasi qurilib ishga tushuriladi.

Mazkur bitimlarni amalga oshirish natijasida aholini maishiy chiqindilarni tashish xizmati bilan 100% qamrab olishga, chiqindilarni qayta ishlash darajasini 38%ga etkazishga erishiladi. Shu bilan birga mazkur 2 ta loyiha bo‘yicha jami 796 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.

You may also like...

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Font Resize