2366 ta maktab “Kundalik” avtomatlashtirilgan axborot tizimi bilan qamrab olinadi

Davlat-xususiy sheriklik asosida “Kundalik” Avtomatlashtirilgan axborot tizimi loyihasi bo‘yicha bitim imzolandi.

Ushbu loyihada xususiy tashabbuskor “Kundalik” MChJ tomonidan 10,3 mlrd so‘m investisiya kiritiladi. Loyiha doirasida zamonaviy texnologiyalar va elektron tizimlarni joriy etish nazarda tutilgan. Elektron kundalik tizimini joriy qilish orqali 2027 yilgacha 2366 ta maktabda an’anaviy jurnallar o‘rniga elektron jurnallar joriy qilinadi. Bu esa byudjet mablag‘larini qisqarishiga olib keladi. Shuningdek, mazkur tizim orqali endilikda ota-onalar farzandlarining olayotgan baho va uy-vaziflarini onlayn kuzatib borish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

You may also like...

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Font Resize