Hududlarda seminar-treninglar boshlandi: Dastlabki manzil Jizzax viloyati

2020 yil 13 noyabr’ kuni Jizzax viloyati hokimligining katta majlislar zalida Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi xodimlari tomonidan viloyatning tuman va shahar hokimliklari vakillari uchun o‘quv-seminari tashkil etildi. Uchrashuvda davlat-xususiy sheriklik sohasida qabul qilingan normativ huquqiy hujjatlarning mazmun mohiyati, loyihalarni DXSh mexanizmlari asosida amalga oshirish tartibi to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tildi. Seminardan so‘ng Agentlik xodimlari, Jizzax viloyati xokimi va xokimining birinchi o‘rinbosari bilan birgalikda Davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil qilingan Jizzax viloyat Davlat xizmatlari agentligida bo‘lishdi. Bu yerda viloyatning 6 ta tumanida qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash, xalq ta’limi va maktabgacha ta’lim sohalarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalar tashabbuskorlari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Shuningdek, Jizzax viloyati Zomin tumanida joylashgan “Jizzax organic” MChJ ko‘zdan kechirilib, bu yerda DXSh asosida tashkil etilishi rejalashtirilayotgan Maktab va Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining loyihalari muhokama qilindi, ularni DXSh mexanizmlari asosida amalga oshirish tartibi tushuntirib o‘tildi.

You may also like...

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Font Resize