Navoiy shahrida Navoiy viloyati endokrinologiya dispanserining bo’sh turgan eski binosida tibbiyot markazini tashkil qilish

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi barcha manfaatdor tomonlarni Loyihaning amalga oshirilishidan manfaatdorligi to‘g‘risida ma’lum qilish taklifi taqdim etishlarini so‘raydi. Xususiy sherik mamlakatdagi o‘sib borayotgan bozordan manfaat ko‘radi hamda mamlakatda amalga oshiriladigan davlat-xususiy sheriklik loyihalaridan birida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Loyiha yuzasidan xususiy sherikni tanlash O‘zbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 26 apreldagi 259-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat-xususiy sheriklik loyixalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida” nizom talablari asosida amalga oshiriladi.
Kompaniyalar loyihaning amalga oshirilishidan manfaatdorligi to‘g‘risida ma’lum qilish taklifini taqdim etishlari so‘raladi. Loyihaning amalga oshirilishidan manfaatdorligi to‘g‘risida ma’lum qilish taklifi ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlarning qisqacha tavsifi bilan ilovadagi jadvalni to‘ldirilgan holda 2020 yilning 5-sentyabrga qadar quyidagi elektron pochta manziliga yuborilishi lozim.

Loyiha konsepsiyasi

Qiziqish bildirish uchun so’rov formasi

Talablar quyidagicha:
Tibbiy diagnostika davolash xizmatlarini ko‘rsatishda yetarli darajada malaka tajribaga ega bo‘lish.
Moddiy va texnik jixatdan ta’minlangan bo‘lish.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘likni saqlash vazirligi
Elektron pochta manzili: info@minzdrav.uz
Telefon raqami: (+71) 239-46-43

DXSh Agentligi
Telefon raqami: 71 203-03-07 (711)
Elektron pochta manzili: pppinfo@ppp.mf.uz (pppdauz@gmail.com ga ham nusxa qilinsin)

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Font Resize