Samarqand viloyati, Ishtixon tumani, “Shayxislom” mahallasida joylashgan sobiq 37-sonli umumtalim maktabinig foydalanilmasdan bo’sh turgan bino-inshooti va yer maydonida DXSh asosida nodavlat taʼlim muassasasini tashkil etish rejalashtirilgan. Qiziqish bildirish uchun E’LON

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2019-yil 29- apreldagi
PF-5712-son Farmoni va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq taʼlimi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018- yil
5 sentyabrdagi PQ-3931-son qaroriga asosan mavjud umumtaʼlim muassasalarini rekonstruksiya qilish va jihozlash sharti bilan nodavlat umumtaʼlim muassasalari obyektlarini qurish uchun yer uchastkalarini begʻaraz berish nazarda tutilgan.

2020 yil 14-sentyabrda Xalq ta’limi vazirligiga xususiy tashabbuskor “VAFOXONOV RAHMIDDIN” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari tomonidan tashabbus taklifini, shu jumladan loyiha konsepsiyasi taqdim etilgan. Mazkur loyihada Samarqand viloyati, Ishtixon tumani, “Shayxislom” mahallasida joylashgan sobiq 37-sonli umumtalim maktabinig foydalanilmasdan bo’sh turgan bino-inshooti va yer maydonida (14 949 kv.m.) (keyingi oʻrinlarda — DXSH obyekt) nodavlat taʼlim muassasasini tashkil etish rejalashtirilgan.

O’zbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik to’g’risida” 2019 yil 10 maydagi O’RQ-537-son Qonuniga va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish tartibini takomillashtirish to’g’risida” 2020 yil 26 apreldagi 259-son qaroriga muvofiq mazkur loyihaning kontseptsiyasi. Xalq ta’limi vazirligi tomonidan joriy yil 22-dekabrda tasdiqlangan.

O‘zbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq tasdiqlangan davlat-xususiy sheriklik loyihasi kontsepsiyasini potentsial davlat sherigi (Xalq ta’limi vazirligi) tomonidan boshqa talabgorlarga davlat-xususiy sheriklik loyihasining amalga oshirilishidan manfaatdorligi to‘g‘risida ma’lum qilish maqsadida o‘zining hamda Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligining rasmiy veb-saytida qirq besh kalendar kun muddatda e’longa joylashtirdi.

Qiziqish bildirish uchun so’rov formasi

Loyiha konsepsiyasi

Tenderda qatnashish uchun manfaatdor tomonlar Qiziqish bildirish uchun so’rov
va tenderlarini (takliflarini) 2021-yil 10-fevral Toshkent vaqti bilan soat 18.00gacha topshirishlari kerak. Telefon raqam +99871 241 01 65

Qiziqish bildirish uchun so’rov va tenderlar (takliflar) quyidagi manzilda qabul qilinadi:

  1. Toshkent shahri, A.Navoiy ko’chasi, 2a uy (Xalq ta’limi vazirligi).

2. Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi,  E-mail: pppinfo@ppp.mf.uz,  Tel: 71-203-03-07

“DXSH to’g’risida” gi qonunning 17-moddasiga binoan, Qiziqish bildirish uchun so’rov
va tenderlar (takliflar) olingan taqdirda, Xalq ta’limi vazirligi tomonidan loyihaning xususiy tashabbuskori va qiziqish bildirgan uchinchi tomonlar ishtirokida xususiy sherikni aniqlash uchun tender o’tkazadi.

You may also like...

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Font Resize