Yurtimizda gemodializ markazlarini qurish bo‘yicha bitim imzolandi

2020 yilning 20 yanvar’ kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi va “Nephroplus” (Hindiston) kompaniyasi o‘rtasida gemodializ xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha davlat-xususiy sheriklik bitimi imzolandi.


Ushbu loyihaning umumiy qiymati 9,8 mln AQSh dollari bo‘lib, uni amalga oshirishning birinchi bosqichi davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati va Toshkent shahrida jami 4 ta gemodializ markazi quriladi. Zarur zamonaviy tibbiy jihozlar hamda malakali mutaxassislar bilan ta’minlanadi. Loyiha doirasida 10 yil davomida ushbu hududlarda gemodializga muhtoj 1100 nafar bemorga (har yili) sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatiladi.
Gemodializ markazlarini 2022 yilning fevral’ oyiga qadar ishga tushirish rejalashtirilgan. Shartnomaga ko‘ra, “Nephroplus” kompaniyasi 10 yildan so‘ng gemodializ markazlarini (tibbiy uskuna) Sog‘likni saqlash vazirligiga topshiradi.
Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, 2020 yilda mamlakatimizda surunkali buyrak kasalligi bilan 118 mingdan ziyod bemor dispanser kuzatuvida turgan bo‘lsa, ularning 23 ming nafarida surunkali buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan, 5 ming nafardan ziyodi esa gemodializga muhtojlik sezgan.

You may also like...

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Font Resize