Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Arnasoy ko‘chasi, 17-uy manzilida joylashgan Sog‘liqni saqlash vazirligi tasarrufidagi 2 ta yirik ob’ektlar o‘rnida tibbiy faoliyatni tashkil etish bo‘yicha xususiy tashabbuskorlardan takliflarini taqdim etish yuzasidan e’lon

Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Arnasoy ko‘chasi, 17-uy manzilida joylashgan Sog‘liqni saqlash vazirligiga tegishli Perinatal markazi hamda Ona va bola tibbiyot markazlari bugungi kunda foydalanilmasdan bo‘sh turibdi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi mahalliy va xorijiy kompaniyalardan mazkur 2 ta yirik ob’ektlar o‘rnida davlat-xususiy sheriklik, ishonchli boshqaruv, ijaraga olish, sotib olish shakllaridan biri asosida investisiyalar, shu jumladan xorijiy investisiyalar kiritish sharti bilan tibbiy faoliyatni tashkil etish yuzasidan takliflarini Sog‘liqni saqlash vazirligiga taqdim etishlarini so‘raydi.
Davlat ob’ektlarining qisqacha tavsifi: Mazkur 2 ta ob’ektlar yangidan qurilgan bo‘lib, xususiy tashabbuskor ularni jihozlash, moliyalashtirish va uzoq muddat davomida tibbiy xizmatlar yo‘nalishida faoliyat ko‘rsatishni tashkil etishi ko‘zda tutiladi. Mazkur investisiya loyihasini moliyalashtirish to‘liq xususiy sherik hisobidan amalga oshiriladi.
Investisiya loyihasi amalga oshiriladigan hudud: Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Arnasoy ko‘chasi, 17-uy manzilida joylashgan quyidagi
2 ta yirik ob’ektlar:
1. Perinatal markazi;
2. Ona va bola tibbiyot markazlari.
Davlat ob’ektlari to‘g‘risidagi texnik ma’lumotlar va fotosuratlar ilova qilinadi.


Qiziquvchi kompaniyalar tomonidan ushbu ob’ektlarni borib ko‘rish maqsadida, har haftaning payshanba kuni soat 14-00 dan 17-00 ga qadar ochiq eshiklar kuni deb e’lon qilinadi.
Barcha qiziqtirgan savollar yuzasidan vazirlikning Davlat-xususiy sheriklikni va tibbiy turizmni rivojlantirish bosh boshqarmasiga murojaat qilishingiz mumkin.
Kompaniyalar tomonidan investisiya loyihasini amalga oshirish to‘g‘risidagi takliflari ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlarning batafsil tavsifi bilan 2021 yil 11 mart kuniga qadar quyidagi manzilga yuborilishi lozim:
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘likni saqlash vazirligi
Pochta manzili: Toshkent shahri, Shayxontoxur tumani, A.Navoiy ko‘chasi, 12-uy
Elektron pochta manzili: info@minzdrav.uz
Telefon raqami: (+71) 239-46-43

You may also like...

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Font Resize