Andijon viloyatining Andijon shahar, Asaka, Oltinko‘l va Andijon tumanlarida qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash, olib chiqish, saralash va qayta ishlash klaster xizmatlarini DXSh asosida tashkil qilish loyihasi bo’yicha dastlabki malakalashda ishtirok etish uchun E’LON

O‘zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Andijon viloyatining Andijon shahar, Asaka, Oltinko‘l va Andijon tumanlarida maishiy chiqindilarni to‘plash, tashish, saralash va qayta ishlash xizmatlarini davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshirish loyihasi yuzasidan ikki bosqichli tenderning birinchi bosqichi boshlanganligini e’lon qiladi.

Tenderda ishtirok etish istagini bildirgan yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxslar quyida xavol etilayotgan dastlabki malakani baholash hujjatlarini yopiq konvertda, muxrlangan, loyiha nomi ko‘rsatilgan va Maishiy chiqindilarni to‘plash, olib chiqib ketish, saralash va qayta ishlash sohasida Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimni tuzish huquqi bo‘yicha tender g‘olibini aniqlash uchun tender komissiyasiga deb yozilgan holatda, O‘zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasiga, shuningdek Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligiga ariza nusxasi (ilovalarsiz) 2021 yilning 29 mart soat 18-00 ga (Toshkent vaqti bilan) qadar taqdim etishlari shart.

Loyiha konsepsiyasi
Dastlabki malakani baholash hujjatlari

O‘zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi :

Mas’ul xodimlar: O.Raxbarov, M.Xursanov.

E-mail: info@uznature.uz

Manzil: 100047. Toshkent sh. Yashnabod tumani, To‘ytepa ko‘chasi 2-a uy.

Telefonlar: (71) 207-07-70 (1072#, 5003#), 99 845-97-04.

—–

Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi

E-mail: pppinfo@ppp.mf.uz

Tel: 71-203-03-07 (709)

 

You may also like...

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Font Resize