O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘llarini qurish loyihalari bo‘yicha ma’lumot

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yo‘l sohasini boshqarish tizimini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” Qarorining “2020-2022 yillarda davlat-xususiy sheriklik shartlarida pullik avtomobil’ yo‘llarini tashkil etish loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha” tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi”ga binoan, Toshkent-Andijon pullik avtomobil’ yo‘lini” “Toshkent-Samarkand pullik avtomobil’ yo‘lini” “Davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida ko‘rish vazifasi topshirilgan edi.Ushbu topshiriqqa ko‘ra, Toshkent-Andijon pullik avtomobil’ yo‘lini qurish bo‘yicha dastlabki texnik-iqtisodiy asoslar (DTIA) Jahon banki konsul’tantlari tomonidan ishlab chiqildi va 2020 yilda tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishildi. Loyiha bo‘yicha “Investisiyadan oldingi tadqiqot” (Pre-investment study) ni o‘tkazish bo‘yicha konsul’tantni aniqlash ishlari boshlanish arafasida. Bir yildan ko‘proq muddat davomida o‘rganish ishlari o‘tkazilgandan so‘ng, xalqaro tender e’lon qilinadi. Shuningdek, o‘rganish ishlari davomida aholidan mazkur loyihaga va yo‘ldan foydalanish uchun to‘lovga munosabati so‘rovnoma orqali aniqlanadi. Shuningdek, loyiha amalga oshirilgan taqdirda, 20 yil davomida yo‘l-transport hodisalari oqibatida 480 ta o‘lim, 1668 ta jarohat, 4568 ta mol-mulkka zarar yetishi holatlarining oldi olinishi mumkin.


Loyihalar bo‘yicha hali qurilish ishlari boshlanmagan. Ikki bosqichli ochiq va shaffof tender asosida tanlangan xalqaro investor bilan DXSh to‘g‘risidagi bitim imzolangandan so‘nggina, qurilish ishlari boshlanadi.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, loyihaning umumiy qiymati 2 mlrd. AQSh dollaridan oshadi. 340 km.lik yo‘l uchun umumiy qurilish davri qurilish ketma-ketligiga ko‘ra 5-10 yilni tashkil etishi mumkin.
Jahon bankining dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, yo‘ldan foydalanish narxlari yengil avtomobil va yengil yuk mashinalar uchun taxminiy narx 5 va 7 AQSh dollari va yuk mashinalari va avtobuslar uchun 15 AQSh dollari bo‘lishi mumkin.
Ushbu loyiha bo‘yicha davlat rahbarining qarori qabul qilinishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, mazkur xujjatda yo‘ldan foydalanuvchilar uchun narxlar o‘zgarishi yoki to‘lovninng ma’lum qismi subsidiya hisobiga qoplanishi yohud yo‘lning bepul bo‘lishi va imtiyozga ega bo‘lgan foydalanuvchilar ro‘yxati shakllantirilishi masalalariga aniqlik kiritiladi.

Toshkent-Samarqand pullik avtomobil’ yo‘li bo‘yicha Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki konsul’tantlari bilan bitim imzolandi va hozirda DTIA bo‘yicha o‘rganish ishlari davom etmoqda.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, loyiha umumiy kapital xarajatlari taxminan
1,5 mlrd. AQSh dollaridan oshadi. 300 km.lik yo‘l uchun umumiy qurilish davri qurilish ketma-ketligiga ko‘ra 5-8 yilni tashkil etishi kutilmoqda.
Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, yo‘ldan foydalanish narxlari yengil avtomobil va yengil yuk mashinalar uchun taxminiy narx 5 va 7 AQSh dollari hamda yuk mashinalari va avtobuslar uchun 15-20 AQSh dollar bo‘lishi mumkin.
Ushbu loyiha bo‘yicha ham Prezident qarori qabul qilinishi ko‘zda tutilgan. Mazkur xujjatda yo‘ldan foydalanuvchilar uchun narxlar o‘zgarishi yoki to‘lovninng ma’lum qismi subsidiya hisobiga qoplanishi yoxud yo‘lning bepul bo‘lishi va imtiyozga ega bo‘lgan foydalanuvchilar ro‘yxati shakllantirilishi masalalariga aniqlik kiritiladi.
Loyihani amalga oshirilishi natijasida, mamlakat tranzit salohiyati ortadi. Yo‘ldan foydalanuvchilar vaqti tejalib, aholininng mobilligi hamda hududlar va mamlakatlararo tovar almashinuvi jarayoni tezlashadi. Bu esa, o‘z navbatida, iqtisodiy o‘sishni jadallashtiradi, aholi daromadini oshiradi. Bundan tashqari, yo‘l qurilishi va loyiha bilan bog‘liq ishlarni bajarish jarayonida 1000 dan oshiq ish o‘rinlari yaratiladi. Eng muhimi, loyihani moliyalashtirish davlat byudjetidan emas, asosan, xususiy sherik, ya’ni xorijiy investor tomonidan amalga oshiriladi.
Shuni ta’kidlash lozimki, hali mazkur loyihalar bo‘yicha aniq belgilangan marshrut va narxlar mavjud emas. So‘nggi tasdiqlangan raqamlar Hukumat va investorlar o‘rtasida tuziladigan kelishuv asosida aniq bo‘ladi. Aytilgan raqamlar xalqni amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan loyihalar bo‘yicha umumiy tushunchaga ega bo‘lishi uchun ma’lum qilindi. Shuningdek, xalqaro tajribaga ko‘ra, pullik yo‘l qurilganda odatda aholi uchun bepul alternativ yo‘l saqlanib qoladi.
Hozirda ikkala loyiha bo‘yicha ishlar deyarli bir xir bosqichda. Loyihalar ko‘lami va ta’siri jihatidan O‘rta Osiyo bo‘yicha yirik loyihalardan bo‘lganligi uchun jahon tajribasi jihatidan uzoq muddatda amalga oshirilishi normal holat hisoblanadi. Chunki odatda yo‘l loyihalariga oid xatarlar ko‘p bo‘ladi.
Pullik yo‘lni qurish asosan, xususiy investor mablag‘i hisobiga amalga oshiriladi va bitimda belgilangan muddatda boshqarish va ta’mirlash ham xususiy sherik tomonidan bajariladi. Shu sababli pullik yo‘lga al’ternativ bo‘lgan bepul yo‘lni ta’mirlash va boshqarish an’anaviy tarzda davlat zimmasida bo‘ladi va ushbu yo‘lga texnik xizmat ko‘rsatish odatdagidek, davlat mas’ul idoralari tomonidan amalga oshiriladi.

You may also like...

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Font Resize