Aeroportlar davlat-xususiy sheriklik asosida rekonstruksiya qilinadi

2021 yil 29 martda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–5042-sonli «Respublika aeroportlarini boshqarish sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, respublika aeroportlari davlat-xususiy sheriklik asosida rekonstruksiya, modernizasiya, ekspluatasiya qilinadi.

Bunda tegishli ishlarni bajarish uchun uch yilga quyidagi imtiyozlar beriladi:

– xususiy sheriklar olib kiriladigan transportlar, yo‘l-qurilish texnikasi, mashinalar, mexanizmlar, uskunalar, xomashyo, materiallar, ehtiyot qismlar, butlovchi buyumlar, uzellar, texnologik va loyiha hujjatlari, dasturiy ta’minot, jihozlar bojxona bojidan;

– transportlar va maxsus texnika uchun utilizasiya yig‘imidan ozod qilinadi;

– xususiy sheriklar va aeroportlar foyda solig‘ini, shu jumladan dividend to‘lashda ushlab qolinadigan foyda solig‘ini belgilangan stavkaning 50 foizi miqdorida to‘laydi;

– aeroportlar uchun mol-mulk solig‘ining belgilangan stavkasi 50 foizga kamaytiriladi.

You may also like...

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Font Resize