Xorazm viloyatining Xiva tumanida qattiq maishiy chiqindilarni to’plash, olib chiqish, saralash va qayta ishlash klaster xizmatlarini DXSh shartlari asosida boshqarish loyihasi. QIZIQISH BILDIRISH UCHUN E’LON!

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi Xorazm viloyati Xiva tumanida maishiy chiqindilarni to‘plash, tashish, saralash va qayta ishlash xizmatlarini davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshirish loyihasi yuzasidan bir bosqichli tender boshlanganligini e’lon qiladi.
Tenderda ishtirok etish uchun arizalar, dastlabki malakani baholash hujjatlari hamda texnikaviy va tijoriy (moliyaviy) takliflarni (e’lon ostida ko‘rsatilgan) yopiq konvertda, muxrlangan, loyiha nomi ko‘rsatilgan va Maishiy chiqindilarni to‘plash, olib chiqib ketish, saralash va qayta ishlash sohasida Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimni tuzish huquqi bo‘yicha tender g‘olibini aniqlash uchun tender komissiyasiga deb yozilgan holatda, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasiga, shuningdek Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligiga ariza nusxasi (ilovalarisiz), 2021 yilning 4 iyun kuni soat 18-00 ga (Toshkent vaqti bilan) qadar taqdim etilishi shart.

Tender o‘tkazish uchun asos: O‘zbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 29.09.2020 yildagi PQ-4845-son qarori.

1) Loyiha konsepsiyasi
2) Dastlabki malakani baholash hujjatlari
3) Texnikaviy va tijoriy (moliyaviy) taklif

Qiziqish bildirish uchun so‘rov shakli

Quyidagi manzil bo‘yicha ko‘rsatilgan aloqa vositalari orqali batafsil ma’lumot olishingiz mumkin :

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi :

100032, Toshkent sh., Mirzo Ulug`bek t., Sayram ko‘chasi, 15-uy,
телефонлар: (71) 207-07-70 (1072#), 99 409-70-02.

Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi : 100017, Toshkent sh., Sharof Rashidov ko‘chasi, 16 , E-mail : pppinfo@ppp.mf.uz

You may also like...

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Font Resize