Biz haqimizda

DXSh rivojlantirish Agentligi 2018-yil 20-oktyabrda Prezident Farmoniga asosan tashkil etilgan.

Agentlik Respublikada yagona DXSh siyosatini yuritadi, loyihalarni ishlab chiqish jarayoniga ko‘maklashadi va muvofiqlashtiradi, tender hujjatlarini hamda DXSh shartnomalarini kelishadi. Ushbu portal yuqori sifatli DXSh loyihalarni izlayotgan potensial investorlar uchun qulaylik yaratish maqsadida ishlab chiqilgan shaffof va markazlashtirilgan tizimdir.

Agentlik Osiyo Taraqqiyot Banki, Evropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki, Xalqaro Moliya Korporatsiyasi, Islom Taraqqiyot Banki hamda Jahon Bank kabi Xalqaro Moliya Institutlari bilan hamkorlik qiladi. Agentlikning maqsadi – loyihalarning sifatini va jozibadorligini oshirish, barqarorligini ta’minlash, shuningdek ularni samarali va iqtisodiy tarzda amalga oshirishdir.

 

 

Font Resize